Unutilgan o‘zbek milliy taomlari

Share post:

G‘ilmindi

Ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek taomi – g‘ilmindi retseptini taqdim etamiz. O‘zbek milliy taomlari orasida unutilayozgan ushbu mazali taomning retseptini saqlab qo‘yishni unutmang ?

?Masalliqlar:

500 gr un

200 ml suv 

100 ml sut 

100 gr shakar (ta’bga ko‘ra)

150 gr saryog‘

?Yupqani tayyorlash:

Idishga suv va tuz solinib xamir qoriladi. Xona haroratida 15 daqiqaga olib qo‘yiladi.

Xamir mayda bo‘laklarga bo‘linib, yupqa qilib yoyib, ozgina yog‘da tovada bittalab pishirib olinadi.

?Atalani tayyorlash:

Suvga un solib quyuq holatiga keltiramiz, qozonga sut solib aralashmani quyamiz va tinmay aralashtirilib turiladi. Qaynab chiqqandan keyin shakar solinib, yana 5 daqiqa qaynatiladi. 

Eslatma: Atalaga shakar qo‘shmasangiz ham bo‘ladi.

Yupqalarning yarmiga atala solib, yarmi yopiladi.

Tovaga sariyog‘ solib erigandan so‘ng ichiga atala solingan yupqalarni yog‘ga botirib olamiz. Atala solingan yupqani yog‘ga solmasdan ham yeyish mumkin.

Issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin?

Sariyog‘li non

? Yana bir unutilayozgan “Sariyog‘li non” retseptini sizlarga taqdim etamiz. Bolaligingizda sizga ham xuddi shunday sariyog‘li non tayyorlab berishganmi?

?Masalliqlar:

?Issiq non;

?Sariyog‘;

??‍?Tayyorlanishi:

Issiq nonning o‘rtasiga sariyog‘ solamiz.

Sariyog‘ nonning ichiga borishi uchun qoshiq yordamida bosib chiqamiz.

Keyin nonni mayda bo‘laklarga bo‘lib, sariyog‘ solib aralashtiramiz.

Issiq non bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Qaylali unosh

O‘zbek oshxonasining yana bir mashhur taomlaridan biri bo‘lgan “Qaylali unosh” retseptini taqdim etadi. Albatta tayyorlab ko‘ring.

?Masalliqlar: 

?Un 500 gr

Suv 300 gr;

?Sariyog‘ 200 gr

?Qiyma 500 gr

?Suzma 400 gr

?Piyoz 2 dona

?Bulg‘or qalampiri 2 dona

?Sarimsoq 2 bo‘lak

?Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar

??‍?Tayyorlanishi:

Ishimizni qattiqroq xamir qilishdan boshlaymiz.

Piyoz, saqrimsoq va bulg‘or qalampirini mayda qilib to‘g‘rab olamiz.

Qiymaga tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtirib, dumaloq shaklga keltirib, unga botirib olamiz.

Endi qozonga sariyog‘ solib, avval qiymalarni qovurib ob qo‘yamiz.

So‘ngra piyoz va bulg‘or qalampirini qovuramiz.

Keyin qovurib olgan qiymalarni solib, ustidan botguncha suv solamiz.

Xamirni yoyib videoda ko‘rsatilganidek kesib olib, qaynagan suvda pishirib olamiz.

Pishgach sovutib suzma aralashtiramiz.

Kosaga avval xamirli taomimizni so‘ngra qiymali qaylamizni solamiz.

Jug‘ori kurtik

Kerakli masalliqlar:

Makkajo‘xori uni – 2 stakan

Qaynoq suv – 1.5–2 stakan

Tuz – 1 choy qoshiq 

Sariyog‘ – 50–70 gr

Qatiq yoki sariyog‘ – xizmat uchun

Tayyorlanishi:

Qozonga suv solib, qaynating.

Suv qaynab chiqqach, tuz soling va aralashtirib turgan holda makkajo‘xori unini asta-sekin soling.

Xamir qovushqoq holga kelguncha yaxshilab kavlab pishiring. 

Qozon tagiga yopishmasligi uchun tinimsiz aralashtirish kerak.

Xamir quyuq va bir xil bo‘lsa, ustidan sariyog‘ solib, yana 5-7 daqiqa dimlab qo‘ying.

Tayyor kurtikni kosa yoki likopchaga solib, ustidan qatiq, sariyog‘ yoki qaymoq bilan torting.

Hammaga yoqimli ishtaha ?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...