Disney kompaniyasi maşhur “Rapunsel: Çigal hikoya” (“Tangled”) multfilmining haqiqiy aktyorlar iştirokidagi yangi talqinini suratga olişni yakunladi. Film 2028-yil 31-mart kuni katta ekranlarga çiqişi rejalaştirilgan.
Suratga oliş işlari 2026-yil 24-iyunda boşlanib, 30-oktyabrda yakunlangan. Jarayon asosan Ispaniyaning turli hududlarida olib borilgan, ayrim sahnalar esa Fransiyada tasvirga olingan.
Yangi filmda Rapunsel rolini Tigan Kroft, Flinn Rayder obrazini esa Maylo Manxaym gavdalantiradi. Yovuz Gothel ona rolida Ketrin Xan, qiroliça Arianna obrazida Kaytriona Balf, qirol Frederik rolida esa Elliot Kovan suratga tuşgan. Şuningdek, aktyor Diego Luna ham film uçun maxsus yaratilgan yangi qahramonni ijro etadi.
Kartina rejissyori “Buyuk şoumen” (“The Greatest Şowman”) filmi bilan tanilgan Maykl Greysi hisoblanadi. Ssenariy Jennifer Keytin Robinson va Maykl Montemayor tomonidan yozilgan.
Yangi film Disney’ning 2010-yilda ekranlarga çiqqan maşhur animatsion kartinasi asosida yaratilmoqda. Unda sehrli uzun soçlarga ega Rapunselning minoradan qoçişi va Flinn Rayder bilan boşidan keçirgan sarguzaştlari haqiqiy aktyorlar ijrosida namoyiş etiladi.

