Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga ortiqcha urg‘u berilayotganini aytdi.
Keyjning fikricha, Marvel’ning dastlabki loyihalari puxta ishlangan syujet va qahramonlari bilan ajralib turgan. Hozir esa ko‘plab filmlarda voqealar oxir-oqibat navbatdagi jangga borib taqaladi.
Aktyor bu holatni “yaxshi moliyalashtirilgan va bezatilgan WWE” (World Wrestling Entertainment) ga qiyosladi. U superqahramonlar haqidagi loyihalarda janglardan ko‘ra, mazmunli hikoyalarga ko‘proq e’tibor berilishini istashini ta’kidladi.
Keyj “O‘rgimchak-Noir” serialini esa bunga misol qilib keltirdi. Aktyor serialda yoshi katta detektiv va O‘rgimchak odamning muqobil versiyasi rolini ijro etgan. Uning ta’kidlashicha, loyihada detektiv hikoya va sirga asosiy e’tibor qaratilgani unga ma’qul bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, “O‘rgimchak-Noir” 2026-yilda Prime Video’da namoyish etilgan. Amazon MGM Studios va Sony Pictures Television serialni ikkinchi mavsumga uzaytirmagan.

