“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

Share post:

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Filmning kengaytirilgan versiyasiga yangi materiallar, jumladan, Rosario Douson ijro etgan Kler Templ obrazi ishtirokidagi sahna ham kiritilishi kutilmoqda. Aktrisa avvalroq film uchun suratga tushganini, biroq uning epizodi yakuniy versiyadan olib tashlanganini ma’lum qilgan edi.

Kler Templ obrazi Marvel muxlislariga “Daredevil”, “Jessika Jones”, “Temir musht”, “Lyuk Keyj” va “Himoyachilar” seriallaridan tanish.

Filmning qayta namoyish etilish sanasi hozircha rasman e’lon qilinmagan. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, Sony filmni yirik premyeralar soni kamroq bo‘lgan davrda, jumladan, premium formatlarda yana kinoteatrlarga chiqarishni rejalashtirishi mumkin.

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” hozirda Sony tarixidagi eng kassabop film hisoblanadi. Uning jahon prokatidagi daromadi 2,495 milliard dollarga yetgan. Shu tariqa film 2021-yilda chiqqan “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”ning 1,92 milliard dollarlik natijasini ortda qoldirgan.

Filmning qayta namoyish etilishi “Qasoskorlar: Intiho”ning kinoteatrlarga qaytarilgandan keyingi muvaffaqiyatidan so‘ng muhokama qilinmoqda. Mazkur filmning qayta prokati dastlabki dam olish kunida jahon bo‘yicha 86 million dollar daromad keltirgan va uning umumiy kassasi 2,885 milliard dollarga yetgan.

Shunga qaramay, “O‘rgimchak odam: Yangi kun”ning umumiy daromadi “Qasoskorlar: Intiho” natijasidan qariyb 389,7 million dollar kam.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...