Rossiyalik reper Jigan uyida qurolli mojaro sodir etgani aytilmoqda

Share post:

Rossiyalik reper Jigan (Denis Ustimenko-Vaynshteyn) Moskva viloyatidagi uyida qurolli mojaro sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea 3-iyuldan 4-iyulga o‘tar kechasi yuz bergani, tafsilotlar esa yaqinda oshkor bo‘lgani aytilmoqda.

Mash nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa “Shato Soveren” kottejlar shaharchasida sodir bo‘lgan. Reper “Sayga-9” karabini bilan qurollanib, uy xodimlari va qo‘riqchilarni mehmonxonaga yig‘gan hamda ularni turli jinoyatlarda ayblagan.

Nashrning yozishicha, mojaro davomida Jigan qo‘riqchilardan biriga qarata o‘q uzgan. Erkak qo‘l va oyog‘idan jarohat olgani aytilmoqda. Shuningdek, reper boshqa xodimlar tomon ham o‘q uzgani iddao qilingan.

Hodisa vaqtida Jiganning farzandlari ham uyda bo‘lgan. Mash’ga ko‘ra, ular yashirinishga majbur bo‘lib, xorijda bo‘lgan onasi Oksana Samoylova bilan bog‘langan. Nashr Samoylova voqea yuz berganini tasdiqlaganini bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....