Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i Arseniy Moroz unga boshqa davlatga ko‘chib o‘tish, ijodiy faoliyatini yakunlash va oilasiga ko‘proq e’tibor qaratishni taklif qilayotganini Instagram’da ma’lum qildi.
San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, u turmush qurishdan avval eriga O‘zbekistondan ko‘chib ketmaslik va ijodini davom ettirish shartini qo‘ygan. Endilikda esa turmush o‘rtog‘ining taklifi sababli bu masala yana kun tartibiga chiqqan. Munisa Rizayeva hozircha yakuniy qarorga kelmagan.
Ma’lumot uchun, Arseniy Moroz moliya sohasida faoliyat yuritadi. Xususan, u bitkoin va treyderlik bilan shug‘ullanadi, shuningdek, dunyoning turli davlatlaridagi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Juftlik 2023-yil sentyabr oyida turmush qurgan va ularning 1 nafar o‘g‘il farzandi bor.

