Gretsiyada nima yeyish, nima ichish mumkin? 

Date:

Share post:

Qanday bo‘lmasin, barchamiz Gretsiyaga borganmiz yoki borishni xohlaganmiz.  U davlatning mazali taomlari va boy madaniy merosi bilan bizga juda yaqin bo‘lgan Yunonistonga yana bir bor yo‘lim tushdi. Keling, Gretsiyada nima yeyiladi, nima ichiladi, birgalikda zavq bilan o‘qiylik va Gretsiyaga safarga chiqishdan oldin ro‘yxatimizni tayyorlab olaylik.

Gretsiyada nima yeyish mumkin?

“Gretsiyada nima yeyish mumkin?” degan savolga javob juda ko‘p. Qaysi taomlarni ro‘yxatga kiritsam, qaysilarini olib tashlasam deb ancha qiynalganimni tan olishim kerak. Menga qolganda bu ro‘yxat juda uzun bo‘lib ketardi. Lekin Gretsiyaga sayohat qilganingizda albatta tatib ko‘rishingizni tavsiya qiladigan asosiy taomlarim quyidagilar:

Gyros (Lavash)

Bizga yaxshi tanish bo‘lgan va hammamiz yoqtiradigan lavashni Gretsiyada ham topish mumkin. Gretsiyada lavashni o‘ziga xos tarzda tayyorlab, o‘z xalqi uchun biroz boshqacha ko‘rinishda taqdim etgan va bu taomga gyros deb nom berishgan.

Souvlaki Kalamaki

Ko‘rinishidan bizdagi jazz kabobni eslatadi. Aslida farqi unchalik katta emas. Ko‘cha taomlaridan biri bo‘lgan bu taom eng ko‘p iste’mol qilinadigan tez tayyorlanadigan taomlardan biridir. Nafaqat ko‘rinishi, balki ta’mi ham juda mazali. Souvlaki Kalamaki haqida bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy jihatlar:Tanlovga ko‘ra cho‘chqa, tovuq yoki mol go‘shti ishlatiladi. Barchasi ham juda mazali. Taomni lavashdan biroz qalinroq non orasiga solib berishadi. Agar qo‘lda emas, likopchada yeyishni istasangiz, unda alohida likopchada go‘shtni va yoniga nonini ham alohida qilib berishadi. Qo‘shimcha sifatida qovurilgan kartoshka ham qo‘shib berishadi.Tzatziki (suzmali salat)

Ular bu salatga Tzatziki (qatiqli salat) deb nom berishgan. Salat suzma, bodring, sarimsoq va biroz zaytun yog‘i kabi masalliqlardan tayyorlanadi. 

Gretsiyada mashhur bo‘lgan Ouzo — yunoncha aroq bo‘lib birga eng ko‘p iste’mol qilinadigan gazaklardan biridir. Agar siz ham aroq va baliq kechalarini yaxshi ko‘radiganlardan bo‘lsangiz, bu taom sizga ham juda yoqadi, bunga ishonchim komil.

Midya (Dengiz chig‘anog‘i)

Midya Gretsiyada juda mashhur. Likopchada taqdim etiladigan midyaga faqat zaytun moyi qo‘shiladi, yoniga limon ham berishadi. Sizga esa shunchaki limonni midyalar ustiga siqib, zavq bilan yeyish qoladi xolos.

Grilda sakkizoyoq

Gretsiyadagi eng mashhur dengiz mahsulotlaridan biri — grilda pishirilgan sakkizoyoq. Bu yerda sakkizoyoqni tutib olgandan so‘ng, ularni ikki kun quyoshda quritishadi. So‘ngra grilda pishirishadi.Ular sakkizoyoqni qaynatishmaydi chunki qaynatish uning ta’mini yo‘qotadi deb hisoblashadi. Ouzo ichimligi bilan birga eng ideal “gazak”lardan biri bo‘lishi aniq.Kalmar

Gretsiyada halqa shaklidagi kalmarlarni topolmaysiz. Bu yerda kalmarni oyoqlari bilan birga butun holatda taqdim etishadi. Juda ham zo‘r tayyorlashadi.

Hatto sizga maxsus tavsiya: Agar topsangiz, albatta kichik kalmarni buyurtma qiling. Kichkina kalmarlarni hech qanday kesmasdan, butun holatda dasturxonga tortishadi. Bu ko‘rinishda u afsonaviy ta’mga ega, deb ishonch bilan ayta olaman. Kalmarning qovurilgan emas, aynan grilda pishirilgan variantini tatib ko‘rishingizni tavsiya qilaman.

Grechiskiy salat

Bahsga o‘rin qoldirmasdan aytish mumkinki, grek oshxonasining eng sevimli salatlaridan biridir. “Yunonistonda nima yeyiladi?” degan savolga beriladigan eng yaxshi javoblardan biri grechiskiy salatdir.  Aslida juda murakkab yoki noodatiy retseptga ega emas, lekin nimasi bilan bu darajada mazali havosimi, suvimi bilmayman lekin  juda lazzatli salat hisoblanadi.

Salatda pomidor va bodring yirik bo‘laklarga bo‘lib to‘g‘raladi, ichiga biroz qizil piyoz qo‘shiladi. Faqat shu xolosmi? Albatta yo‘q. Ustiga qalin va katta bo‘laklarga bo‘lingan fetaksa pishlog‘i va biroz qora zaytun qo‘shiladi. Salatga maza beradigan zaytun yog‘i eng oxirida salatning ustidan quyiladi va maza qilib  iste’mol qilinadi. Xohishga  ko‘ra limon suvi va biroz tuz ham qo‘shishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Feta Me Meli (Asal va qora sedanali fetaksa pishlog‘i)

Grek oshxonasining afsonaviy shirinliklaridan biri bo‘lgan Feta me Melini albatta tatib ko‘rishingiz kerak. Diqqat, quyidagi qatorlarni o‘qigach og‘zingizni so‘lagi oqishi aniq. Endi tasavvur qiling: Fetaksa pishlog‘i. “Fetaksa pishlog‘i nima?” deb so‘rayotganlar bo‘lsa, darhol tushuntiramiz.

Feta pishlog‘i — greklarga xos maxsus pishloq turi. Qadoqdan chiqarib to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovaga solasiz, qovurasiz va yeysiz. Ular fetaksa pishlog‘ini tovaga solib qovurgach, ustiga asal qo‘shib va oxirgi bezak sifatida qora sedana sepishadi. Keyin esa maza qilib yeyish uchun dasturxonga olib kelishadi.

Ba’zi joylarda bu shirinlikni lavash xamiriga o‘ralgan holatda ham uchratishingiz mumkin. Hayron bo‘lmang. 🙂

Musakka

Gretsiyada nima yeyiladi deganda yodga tushadigan yana bir mashhur taom bu — Musakka. Bu taom qiyma, kartoshka va baqlajondan tayyorlanadi. Oxirida esa ustiga beshamel sousi qo‘shilib, duxovkaga yuboriladi.

Sizga kichkina bir maslahat:

Agar boradigan joyingizda musakka buyurtma qilsangiz, uni yolg‘iz o‘zingiz tugatolmasligingiz mumkin. Ma’lumki, bu yerda porsiyalar ancha katta bo‘ladi.

Qovoqcha (kabachok)

Kabachoklarni juda ingichka qilib to‘g‘raysiz. So‘ng bu yupqa bo‘laklarni unga botirib, yog‘da qovurasiz. Natijada esa — a’lo darajadagi, qarsillagan kabachok bo‘laklari tayyor bo‘ladi. Ularni bemalol chips o‘rnida iste’mol qilishingiz mumkin.

Xohishingizga ko‘ra, ustiga sarimsoqli pomidor sousi yoki sarimsoqli qatiq ham qo‘shsangiz bo‘ladi.

Kavala pechenyesi

Gretsiyaga borib, Kavala shahriga yo‘lingiz tushmagan bo‘lsa, safaringiz to‘liq bo‘lmaydi. Xo‘sh, Kavala shahriga borganingizda Kavala pechenyesi olmasdan qaytmang.

Bu mazali pechenyening asosiy mahsuloti — bodom. Bodomni yaxshi ko‘radiganlarga bu shirinlikni albatta tatib ko‘rishni qat’iyan tavsiya qilaman. Nafaqat ta’mi bilan, balki yarim oy shaklidagi ko‘rinishi bilan ham sizni o‘ziga rom qiladigan bu pechenyelarni yaqinlaringizga sovg‘a qilib olib ketishingiz mumkin.

Luqum

Gretsiyada sizga luqum shirinligi ustiga sepish uchun uch xil lazzat taklif etiladi. Ular:

  • DolchinAsalShokolad

  • Xohlovchilar bu uchalasini bir paytning o‘zida sinab ko‘rishlari mumkin. Tanlov o‘zingizda! 🙂Gretsiyada nima ichiladi?

    Frappe

    Gretsiyada odatda nonushtani “Frappe” deb ataladigan qahva bilan yengilgina o‘tkazishadi. Ko‘pincha yonida issiq non mahsulotlarini iste’mol qilishadi.

    Keling, endi asosiy mavzuga o‘taylik: Frappe. Tayyorlanishi oddiy bo‘lishi mumkin, ammo ta’mini tariflashga so‘z ojiz…

    Bu turdagi qahva Gretsiyada o‘ziga xos qahva mashinasida tayyorlanadi. Qahva shakarsiz, kam shakarli, o‘rtacha shakarli yoki ko‘p shakarli turlari mavjud. Tayyorlanish jarayonida avval katta stakan olib, ichiga granul qahva va suv qo‘shishadi. Xohishingizga qarab shakar qo‘shiladi, so‘ngra qahva ko‘pik bo‘lgunicha qahva mashinasida tez-tez aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgach, sut qo‘shilishini xohlaysizmi deb so‘rashadi, keyin esa muz va somoncha (pipetka) qo‘shib sizga taqdim etishadi.

    Mastika

    Gretsiyada juda mashhur bo‘lgan va vatani Sakkiz oroli bo‘lgan kuchli spirtli ichimlikdir. Nomidan ham ma’lum bo‘lgani kabi, Mastika (Sakkiz likyori) — saqqich hidi va ta’miga ega likyordir. Odatda ovqat paytida yoki ovqatdan keyin doimiy ravishda ichiladi.

    Ouzo

    Ouzo arog‘iga suv qo‘shsangiz, ta’mi ancha susayadi. Shu sababli, uni muz solib sof holatda ichishingizni tavsiya qilaman.

    Ouzoni yaqinlaringizga sovg‘a sifatida ham olib kelishingiz mumkin. 

    Rechina

    Gretsiyadagi eng sevimli ichimliklardan biri deb ayta olaman. Rechinaning ta’mi biroz oq sharobni eslatadi va sovuq holda ichiladigan ichimlik bo‘lgani uchun issiq yoz kechalariga juda yaxshi mos tushadi, deb ayta olaman. Deyarli barcha restoranlarda taqdim etiladigan ichimlik bo‘lgani sababli uni topishda hech qanday qiyinchilik bo‘lmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

    Javob qoldiring:

    Iltimos, sharhingizni kiriting!
    Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

    spot_img

    Tegishli maqolalar

    Mashhur aktyor Pedro Paskal arzon samolyotda uchib, yo‘lovchilarni lol qoldirdi

    Har doim ham oddiy reysda Gollivud yulduziga duch kelavermaysiz. Ammo o‘tgan hafta payshanba kuni Fransiyaga yo‘l olgan yo‘lovchilar...

    ​​Kim Kardashyan 6 yildan so‘ng yuridik maktabni bitirdi

    44 yoshli Kim Kardashyan 6 yillik mehnatidan so‘ng o‘qishni tamomladi va bu voqeani o‘z uyida o‘tkazilgan kichik bitiruv...

    Qatarda nima yeyish mumkin?

    Qatarda nima yeyish mumkin, degan savolga javob berish uchun juda ham mazali bir maqola yozishni istadim. So‘nggi yillarda...

    Netflixning Amir Temur haqidagi filmi premyerasi vaqti ma’lum bo‘ldi

    2022-yilda Netflix tomonidan suratga olina boshlagan “Temurlang. So’nggi jahongirning yuksalishi” filmi premyera uchun dayarli tayyor. O’zbekiston tarixi va...