Yunus Rajabiy uy-muzeyida ta’mirlash-tiklash va muzey kolleksiyalarini xatlovdan o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan muzey 2026-yil 14-sentyabrdan 2027-yil 30-mayga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.
Ta’mirlash jarayonida muzey binosining infratuzilmasi yangilanib, isitish va sovitish tizimlari zamonaviy talablarga moslashtiriladi. Shuningdek, ekspozitsiya qayta shakllantirilib, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Rejalashtirilgan ishlar yakunlangach, Yunus Rajabiy uy-muzeyi yangilangan ko‘rinishda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

