Reper Jigan nega reabilitatsiya markazida davolanmoqda?

Share post:

Rapper Jigan Oksana Samoylova bilan ajrashganidan bir necha oy o‘tib, Isroildagi reabilitatsiya markazida ekanini ma’lum qildi. San’atkor klinikadagi hayotidan ayrim lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarida ulashgan. Kadrlarning birida Jigan markaz hududida ochiq havoda ibodat qilayotgani ko‘rinadi. Biroq uning qo‘lida sigaret ham bor.

Xonanda klinikaga nima sababdan murojaat qilgani haqida izoh bermagan. 2026-yil 1-aprel kuni u va Oksana Samoylova bir necha oy davom etgan sud jarayonlaridan so‘ng rasman ajrashdi. Sobiq juftlik mol-mulkni taqsimlash bo‘yicha ham kelishuvga erishgan.

Jigan va Samoylovaning ajrashuvi uzoq vaqt jamoatchilik muhokamasida bo‘ldi. Jarayon ularning oilaviy hayotiga bag‘ishlangan realiti-shou uchun ham suratga olingani sababli, muxlislar ajrashuvning haqiqiyligiga shubha bilan qaragan edi. Ammo, yakunda nikoh rasman bekor qilindi. Ajrashuvdan so‘ng Samoylova ham hayotidagi yangi bosqich oson kechmayotganini tan oldi. U 20 yoshidan beri deyarli butun hayotini bir inson bilan birga o‘tkazgani va endi mustaqil yashashni o‘rganayotganini aytdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Millat xazinasi 3” suratga olinadi

19 yillik tanaffusdan so‘ng mashhur “Millat xazinasi” (National Treasure) franshizasi davom etishi mumkin. Rejissyor Jon Turteltaub uchinchi film...

Prezident bir guruh madaniyat va san’at sohasi vakillarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari...

Jessika Simpson haqida hujjatli film suratga olinadi

Netflix amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etadi. Jessika Simpson faoliyati davomida...

Qiziqchi Shukurullo Isroilov amaldor bo‘ldi

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda, qator...