Har bir retsept — o‘ziga xos kashfiyot!

Share post:

Korona virusi hayotimizga kirgandan beri juda ko‘p narsa o‘zgardi.
Endi “O‘zim uchun nimadir qilishim kerak” degan fikrga har qachongidan ko‘ra ko‘proq e’tibor bera boshladik. Ruhiy olamimizga yuzlandik, o‘zimizni qayta anglash, o‘z ustimizda ishlash yo‘lida ancha yo‘l bosdik. Bu yo‘lda shaxsiy rivojlanishdan biri esa – ovqat tayyorlash, pazandachilik bo‘ldi.

Avval hech qachon oshxonaga kirmaganlar ham endi ovqat tayyorlashga qiziqa boshlashdi. Va bu faqatgina qorin to‘qlash yoki ochlikni bosish uchun emas. Sog‘lom hayot tarziga o‘tish, yangi narsalarni sinab ko‘rish, ijod qilish, maroqli vaqt o‘tkazish va boshqalar bilan bo‘lishish istagi kuchaydi.

Unday bo‘lsa, o‘tgan 1,5 yil ichida oshxonamizda nimalar o‘zgardi, keling, bir nazar solaylik.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlar ham retsept ulashayotgan davrda yashayapmiz. Uyda oshxona anjomlari ko‘paydi.
Non esa birinchi karantin davrining ramziga aylandi. Google Trends’ni kuzatganlar biladi — 2019-yil mart oyining boshidan o‘rtalarigacha bo‘lgan “uyda non tayyorlash” izlanishlaridagi o‘sish darajasi bizni lol qoldirgan edi!
Tijorat saytlarida non tayyorlovchi mashinalar birdaniga sotilib ketgan edi. Bu mashinalar hali ham ishlatyaptimi yo‘qmi — aniq emas. Lekin bir haqiqat bor. Ko‘pchilik oshxonada o‘rganish, ijod qilish mumkin bo‘lgan dunyoni topdi.

Oshxonaning rang-barang olamiga birinchi qadamini qo‘ydi va oddiy qorinni to‘yg‘azishdan ancha ustun bo‘lgan hissiy va ijodiy tajribani boshdan kechirdi.

Endi esa diqqat markaziga oshxona mahoratini oshirish, yangi ta’mlarni tatib ko‘rish va o‘zi mustaqil ovqat tayyorlash kirib keldi. Onlayn va an’anaviy oshpazlik kurslariga talab oshdi. Hatto odamlar “Oshxonadan ovozlar” deb nomlangan podkastlarni tinglab, yeb-ichishning boshqa jihatlarini ham o‘rganishga qiziqdi.

Uyga buyurtma qilingan ovqatlar ham tayyor retseptli qadoqlar (BOX) ko‘rinishida kela boshladi. Bu g‘oya albatta restoranlar yopilganidan paydo bo‘ldi. Ammo ishning asosi shunda bo‘ldiki, odamlar o‘z oshxonalarida mazali narsalar tayyorlashga harakat qilishdi.

Bu hammasi emas…
Ijtimoiy tarmoqlarda tayyorlanayotgan taom va shirinlik retseptlari sifat jihatdan yangi bosqichga chiqdi.
Bu ishning mutaxassislari ham bu sohani jiddiy o‘rganishga kirishdi. Bu esa pazandachilik olamida yangi ilhom va qiziqish uyg‘otdi.

Sog‘lom ovqatlanish masalasi esa bu davrda alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Pandemiya cho‘zilgani sari bu mavzuga qiziqish ortdi. “Ha, ovqat pishirdik, yedik-ichdik, lekin bu immunitet degan masala bor, baribir buning siri ovqatlanishda bo‘lsa kerak. Hamma maslahat beryapti, lekin buni doimiy hayot tarziga qanday aylantiramiz?” degan fikrlar ko‘pchilikni o‘ylantira boshladi. Sog‘lom ovqatlanishning qadri keng omma tomonidan anglab yetildi.

Kimdir bu bilimni o‘zi va oilasi uchun o‘rganmoqchi bo‘ldi, kimdir esa kasbiy sohada foydalanish niyatida sog‘lom ovqatlanish asoslarini chuqurroq o‘rganishga bel bog‘ladi.

Hayotimizga yangi tushuncha kirib keldi: “To‘g‘ri ovqatlanish”
Bugun faqatgina “#funksionalovqatlanish” heshtegi ostida Instagram’da 25,700 dan ortiq post mavjud!
To‘g‘ri ovqatlanishga oid retseptlar izlash avj oldi, ayniqsa “Matcha Cheesecake” yuraklarni zabt etdi.
Bu yo‘nalishda “Keto-ustaxona” kabi maxsus kurslar tashkil etila boshlandi. Ya’ni, sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan qiziqish yanada chuqurlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishonchli manbalarga yo‘l topish osonlashdi. Tibbiyot sohasi mutaxassislari ham, oshpazlik sohasidagi ustalar ham ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri va foydali ma’lumotlarni ulashishga yanada faol yondasha boshladilar.

Pandemiya boshlanganidan beri MSA’ tomonidan tashkil etilgan “Oshxona ustalari”da minglab ishtirokchilar qatnashdi.

Pandemiya bilan birga shakllangan oshxona va iste’molga oid odatlar haqida juda ko‘p yozildi, gapirildi va biz ishonamizki, bu mavzu hali uzoq davom etadi.

Lekin eng muhimi  matn boshida aytilganidek bu davr bizga oshxonaga kirish, ovqat pishirish va undan zavqlanish tajribasining asl qiymatini anglatdi.

Oshxonada kashf etiladigan imkoniyatlar cheksiz!
Eng ajoyib tomoni esa hamma xohlagan joyidan boshlashi mumkin.

Hammani bu ajoyib ishtiyoqdan sog‘lom kunlarda bahramand bo‘lishini tilab qolamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...