Darhol sinab ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 3 ta shirinlik retsepti

Share post:

Oson va tez tayyorlanadigan shirinliklar yordamida dasturxoningizni boyitishingiz mumkin. Bugungi maqolamizda darhol sinab ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan 3 ta shirinlik retseptini jamladik. Siz ham ushbu retseptlar bilan turli-tuman mazali shirinliklar tayyorlashingiz mumkin.

1. Shokoladli keks

Kerakli mahsulotlar:

  • 2 stakan un
  • 2 stakan shakar
  • ¾ stakan kakao 
  • 2 choy qoshiq razrixlitel
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1 stakan sut
  • ½ stakan o‘simlik yog‘i
  • 2 ta katta tuxum
  • 2 choy qoshiq vanilin 
  • 1 stakan qaynoq suv

Tayyorlanishi:

  1. Duxovkani 180 darajada qizdiring va keks qolipini yog‘lab, ustiga un seping.
  2. Bitta idishda un, shakar, kakao, razrixlitel va tuzni aralashtiring.
  3. Boshqa idishga sut, o‘simlik yog‘i, tuxum va vanilinni solib aralashtirib ko‘pirtiring.
  4. Quruq mahsulotlarni asta-sekin suyuq aralashmaga qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
  5. Ustidan qaynoq suvni quying va xamirni silliq holga kelguncha aralashtiring.
  6. Tayyor xamirni qolipga quying va oldindan qizdirilgan duxovkada taxminan 30–35 daqiqa davomida pishiring.
  7. Soviganidan so‘ng ustiga shokoladli krem yoki shakar upasi sepib dasturxonga tortishingiz mumkin.

2. Klassik Brauni

Masalliqlar:

  • 1/2 piyola eritilgan sariyog‘
  • 1 piyola shakar
  • 2 dona katta tuxum
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 1/2 piyola un
  • 1/3 piyola kakao 
  • 1/4 choy qoshiq tuz

Tayyorlanishi:

  1. Duxovkani 180 darajada qizdiring va yog‘langan kvadrat shakldagi qolipga un seping.
  2. Eritilgan sariyog‘ va shakarning aralashtiring.
  3. Tuxumlarni birin-ketin qo‘shing va har safar yaxshilab aralashtiring.
  4. Vanilinni qo‘shing va aralashtiring.
  5. Quruq masalliqlarni qo‘shing va bir hil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring.
  6. Aralashmani qolipga quying va 20–25 daqiqa davomida pishiring.

3. Turk shirinligi shekerpare

Masalliqlar:

  • 2 piyola un
  • 1 piyola manniy yormasi
  • 1 piyola shakar
  • 1 piyola yumshatilgan sariyog‘
  • 1 dona katta tuxum
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 1 dona razrixlitel
  • 1 piyola suv

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 180 darajada qizdiring va yog‘li qog‘oz solingan pishirish patnisiga un seping.
  2. Un, manniy yormasi, shakar, sariyog‘, tuxum, vanilini va razlixlitelni bitta idishga solib aralashtiring.
  3. Aralashmaga suv qo‘shing va xamir qorib oling.
  4. Xamirni yong‘oqcha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘ling va qo‘llaringiz bilan yumaloq shaklga keltiring. Tayyor bo‘lgan yumaloqlarni pishirish patnisiga terib chiqing va 20–25 daqiqa davomida pishiring.
  5. Sharbati uchun suv va shakarni qozonga soling va shakar to‘liq eriguncha aralashtiring. Keyin limon sharbatini qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
  6. Duxovkada pishib chiqqan shakarparelarni darhol sharbatini quying, shimib olishi uchun 1–2 soatga qoldiring.
  7. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga kokos kukuni sepilsa yoki maydalangan yong‘oq bilan bezatilsa, shirinligimiz yanada mazali bo‘ladi.

Siz ham bu retseptlar asosida mazali va lazzatli bo‘lgan shirinliklarni tayyorlashingiz mumkin. Yana ko‘proq mazali shirinlik retseptlari uchun bizni kuzatishda davom eting!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopez jamoasi Istanbuldan Toshkentga charter reysi bilan yetib keldi

Bortda xonandaning beshinchi jahon gastrol safari — Up All Night – LIVE IN 2025ning 90 nafar ishtirokchisi bor...

Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 8 ta multfilm

“Ruh”Multfilm bosh qahramoni musiqa maktabi o‘qituvchisi Jo Gardner bo‘lib, u bolaligidan jazz ijro etishni orzu qilardi ammo bunga...

“Formula-1” – Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan film

“Formula-1” Bred Pittning butun karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. U besh hafta ichida 545,6 million dollar...

Dua Lipa Kosova fuqaroligini oldi

Dua Lipaga Kosovo fuqaroligi berilgach, “go‘yo ikki tarafim endi birlashdi,” deb izoh berdi. Qo‘shiqchi Londonda kosovalik-alban ota-onaning farzandi sifatida...