Bred Pitt: AI o‘rtacha budjetli filmlarga yordam berishi mumkin

Share post:

Bred Pitt sun’iy intellekt o‘rtacha budjetli filmlarni suratga olishga yordam berishi mumkinligini aytdi. Aktyor bu haqda Esquire nashriga bergan intervyusida fikr bildirdi.

Pittning so‘zlariga ko‘ra, 40–90 million dollar budjetga ega filmlarni ishlab chiqarishda AI muhim vositaga aylanishi mumkin. U sun’iy intellekt atrofida ko‘plab bahslar borligini tan olgan, biroq texnologiya kinoijodkorlar uchun foydali vosita bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, aktyor AI uning aktyorlik ijrosini to‘liq takrorlay olishiga shubha bilan qaraydi. Uning ta’kidlashicha, raqamli texnologiya aktyorning suratga olish maydonida his qiladigan tuyg‘ulari va qabul qiladigan ijodiy qarorlarini aynan qaytara olmaydi.

Pitt yaqinda AI  tomonidan yaratilgan qo‘shiqni ham tinglagan. U qo‘shiqni “juda yaxshi” deb baholagan, ammo unda nimadir takrorlanib turganini va inson ovozini tinglashdagi o‘ziga xos hissiyot yetishmaganini aytgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....