Buyuk Britaniyaning Reklama standartlari boshqarmasi (ASA) Li Kroninning “Mumiya” filmi afishalarini London metrosida namoyish etishni taqiqladi. Regulyator afishadagi mumiyolangan qiz tasviri vafot etgan bolaga o‘xshab ketgani va kichik yoshdagi bolalarni qo‘rqitishi mumkinligini ma’lum qildi.
ASA reklama yuzasidan kelib tushgan 30 ta shikoyatni ko‘rib chiqdi va afishalarni bu ko‘rinishda qayta joylashtirmaslikni buyurdi.
Biroq filmning televideniye va Prime Video uchun tayyorlangan reklamalari qoidalarga mos deb topildi va ularga nisbatan hech qanday cheklov qo‘yilmadi. Li Kroninning “Mumiya” filmi Buyuk Britaniyada 17-aprel kuni namoyish etilgan va kassalarda 2,9 million dollar daromad yig‘gan

