Xonanda Ruxshona uzoq tanaffusdan so‘ng muxlislari uchun yangi ijod mahsulini taqdim etadi. Uning “Darmonim” nomli yangi treki bugundan boshlab barcha musiqiy platformalarda, jumladan Yandex Musiqada tinglash uchun mavjud.
Shuningdek, qo‘shiq bugun HIT FM, Nostalgie, Temp FM, Vodiy Sadosi, Ruxsor, Track FM, Diydor FM va Andijon FM radiokanallari efirida ham yangraydi.
Bundan tashqari, Ruxshona muxlislarini yana bir syurpriz kutayotganini ma’lum qildi. Xonandaning aytishicha, bugun kechqurun u faoliyatidagi eng katta yangilikni e’lon qiladi. Bu yangilik tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

