“Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmi suratga olish ishlarini boshladi

Share post:

Warner Bros. “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” (The Lord of the Rings: The Hunt for Gollum) filmining suratga olish ishlari rasman boshlanganini e’lon qildi. Shu bilan birga, studiya Gollum obraziga yana qaytgan Endi Serkis ishtirokidagi ilk sahna orti videolavhasini ham taqdim etdi.
Filmda Endi Serkis nafaqat uzukka mukkasidan ketgan Gollum (Smeagol) obrazini yana gavdalantiradi, balki loyiha rejissyori sifatida ham ishlamoqda. Suratga olish ishlari Yangi Zelandiyada olib borilmoqda. Shuningdek, loyiha Serkisni afsonaviy trilogiyalar mualliflari — Piter Jekson, Fran Uolsh va Filippa Boyens bilan yana birlashtirdi. Filmda Ian Makkellen (Gandalf), Elayja Vud (Frodo) va Li Peys (Qirol Tranduil) o‘z rollariga qaytadi. Shuningdek, aktyorlar tarkibiga Keyt Uinslet, Jeymi Dornan, Leo Vudoll va Anya Teylor-Joy ham qo‘shilgan.
«Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash» filmining jahon premyerasi 2027-yil 17-dekabrga rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Disney 1 oyda 1 milliard dollar ishlab, jahon prokatini yangiladi

Disney 2026-yilda jahon kinoprokatida 3 milliard dollardan ortiq daromad to‘plagan ilk Gollivud kinostudiyasi sifatida tarixga kirdi. Rekord natijaga...

Monika Belluchchining kenja qizi ilk bor podiumga chiqdi

Monika Belluchchi va Vensan Kasselning 16 yoshli kenja qizi Leoni Kassel modellik faoliyatidagi ilk muhim qadamini tashladi. U...

“Vampirlar kundaligi” yulduzi Pol Uesli uylandi

Pol Uesli model Natali Kukenberg bilan nikohdan o‘tdi. “Vampirlar kundaligi” (The Vampire Diaries) seriali orqali mashhur bo‘lgan aktyor...

“Ayollar tomonidan yaratilgan” festivali g‘oliblari aniqlandi

Moskvada ilk bor o‘tkazilgan “Ayollar tomonidan yaratilgan” xalqaro kinofestivali o‘z yakuniga yetdi. 8–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan festival ayol...