“Vampirlar kundaligi” yulduzi Pol Uesli uylandi

Share post:

Pol Uesli model Natali Kukenberg bilan nikohdan o‘tdi. “Vampirlar kundaligi” (The Vampire Diaries) seriali orqali mashhur bo‘lgan aktyor shaxsiy hayotidagi quvonchli voqeani muxlislariga ulashdi.
Natali Kukenberg to‘y suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylab, posti ostiga “Janob va xonim” (“Mr. & Mrs.”) deya izoh qoldirgan. Ularning nikohi munosabati bilan Polning “Vampirlar kundaligi” serialidagi hamkasbi Nina Dobrev ham juftlikni tabrikladi.
Pol Uesli va Natali Kukenberg 2022-yildan beri munosabatda bo‘lib, ular 2025-yilda unashtirilgan edi. Bu Natali uchun birinchi nikoh bo‘lsa, aktyor uchun uchinchi nikoh hisoblanadi. Avvalroq, Uesli aktrisa Torri DeVito bilan 2011–2013-yillarda, dizayner Ines de Ramon bilan esa 2019–2022-yillarda turmush qurgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Ayollar tomonidan yaratilgan” festivali g‘oliblari aniqlandi

Moskvada ilk bor o‘tkazilgan “Ayollar tomonidan yaratilgan” xalqaro kinofestivali o‘z yakuniga yetdi. 8–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan festival ayol...

“Odisseya” premyerasi uchun ulkan Troya oti yasaldi

Universal Pictures Londonda o‘tgan “Odisseya” filmining jahon premyerasi uchun Troya otining ulkan nusxasini namoyish etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu...

“Yura davriga sayohat” yulduzi Sem Nil 78 yoshida vafot etdi

Sem Nil “Yura davriga sayohat” filmlar turkumidagi doktor Alan Grant roli bilan dunyoga tanilgan, yangi zelandiyalik aktyor Sem...

“Moana” remeyki 4,5 million dollar bilan start oldi

Disney’ning “Moana” remeyki ilk namoyishlarda 4,5 million dollar daromad qildi.Filmda Ketrin Lagaya Moana rolini, Dueyn Jonson esa Maui...