Britni Spirs haqidagi biografik film loyihasini ishlab chiqish bosqichlari davom etmoqda. Bu haqda Page Six nashri xabar berdi.
Film ssenariysining dastlabki qoralamasini taniqli ssenariynavis Liz Meriveter yozadi. Loyiha rejissyori sifatida Jonatan Murrey tanlangan.
Shuningdek, biografik film Britni Spirsning 2023-yilda chop etilgan “The Woman in Me” nomli xotiralar kitobi asosida suratga olinadi. Aktrisaning ushbu xotiralar kitobi AQShda 3 milliondan ortiq, dunyo bo‘ylab esa 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan va The New York Times’ning bestsellerlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni egallagan. Kitobda Britni Spirs bolaligi, muvaffaqiyatga erishish yo‘li, shaxsiy hayoti haqida hikoya qiladi. Biografik filmda aynan shu voqealar asosiy mavzu bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, Life & Style Magazine Britni Spirs roliga da’vogar aktrisalarni ma’lum qilgan edi. Hozircha, bosh rol ijrochisi rasman e’lon qilinmagan.

