Sidniy Svini yangi ishqiy munosabat ichidami?

Share post:

Sidney Svini sobiq unashtirgan yigitini bilan ko‘rishganidan bir necha kun o‘tib, yana bir aktyor bilan yaqinlashgani ko‘rindi… va bu safar Glen Pauell emas.

27 yoshli «Euphoria» yulduzi Sidney Svini yaqinda Kaliforniyaning Indio shahrida bo‘lib o‘tgan uch kunlik “Stagecoach” musiqa festivaliga tashrif buyurdi. U yerda sahnada chiqish qilgan “Creed” guruhining qo‘shig‘iga jo‘r bo‘lib kuylayotgani videoga tushgan.

TikTok foydalanuvchisi @lelaniivette tomonidan joylangan va bir necha kun ichida 1,5 milliondan ortiq ko‘rish to‘plagan videoda Svini bilan birga “The Housemaid” (Xonadon xizmatchisi) filmidagi hamkasbi Brendon Sklenar ham ko‘rindi.

Bu video tarqalganidan keyin ular orasida ishqiy munosabatlar boshlangan bo‘lishi mumkin degan mish-mishlar paydo bo‘ldi. Chunki ular hozirda Amanda Seyfried bilan birga “The Housemaid” filmining ekran talqinida suratga tushishmoqda.

Ammo DailyMail.com’ga yaqin manba bu taxminlar asossiz ekanini aytdi:

Sidney va Brendon shunchaki festivalda hordiq chiqarib, boshqa do‘stlari bilan birga vaqt o‘tkazayotgani, ular faqat do‘st ekanligi aytilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, video to‘liq haqiqatni aks ettirmaydi, chunki Brendon Sklenar 2020-yildan beri Kortni Salviolo ismli qiz bilan ishqiy munosabatda. Ular COVID-19 pandemiyasi davrida “Hinge” tanishuv ilovasida tanishishgan.

“Brendon va Sidney o‘rtasida ishqiy munosabat ham qisqa muddatli munosabat ham bo‘lmagan. Ular shunchaki do‘st.”

Manbaga ko‘ra, Brendon Sklenar bu mish-mishlar tufayli o‘zini noqulay his qilmoqda, chunki bu unining obro‘siga yomon ta’sir ko‘rsatyapti lekin u Sidney bilan faqat do‘st ekanini qat’iy aytib o‘tgan.DailyMail.com Svini va Sklenarning vakillaridan rasmiy izoh olishga harakat qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

27-28-may kunlari AQSHda CAA Moebius Showcase festivali bo‘lib o‘tadi

CAA (Amerika ijodkorlar agentligi) tomonidan 11 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan CAA Moebius Showcase 27-28-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu...

American Music Awards 2026’ning asosiy g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

2026-yilgi “American Music Awards” taqdirlash marosimi 25-may kuni AQShning Las-Vegas shahridagi MGM Grand Garden Arena’da bo‘lib o‘tdi. Bu...

Nikolas Keyj rol tanlash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

“Oskar” sovrindori Nikolas Keyj ijobiy qahramonni ham, salbiy obrazlarni ham birdek qiziqish bilan ijro etishini ma’lum qildi. Aktyor...

Shakira ajralishdan keyingi hayoti haqida ochiq gapirdi

Mashhur xonanda Shakira turmush o‘rtog‘i Jerar Pike bilan ajralganidan keyingi hayoti haqida The times nashriga bergan intervyusida so‘zlab...