Jastin Biber nihoyat Diddiga qarshi zo‘ravonlik da’volari bo‘yicha fikr bildirdi

Share post:

Musiqa olamidagi mashhur shaxs P. Diddi (asl ismi – Shon Kombs) ustidan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi bilan bog‘liq sud jarayoni boshlanganidan bir muddat o‘tib, Jastin Biber nihoyat bu masalada o‘z fikrini bildirdi.

55 yoshli Diddi ko‘plab jirkanch jinoyatlarda ayblanmoqda. Muxlislar esa Jastin Biberning ham yoshligida musiqa sanoatiga kirib kelgan davrida, Diddi tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan bo‘lishi mumkinligidan shubhalanishgan.

O‘tgan yili internetda ularning birga vaqt o‘tkazishayotgan eski video paydo bo‘ldi. Bu lavha ko‘pchilik tomonidan “bezovta qiluvchi” deb baholangandi. Videoda ular 48 soat davomida birga bo‘lgani tasvirlangan. Ular hatto birgalikda albom ustida ham ishlashgan.

Ammo payshanba kuni Biber rasmiy bayonot bilan chiqib, Diddi tomonidan hech qanday zo‘ravonlikka uchramaganini ma’lum qildi.

“Jastin Biber Diddining jabrlanuvchilari qatorida emas. Biroq, u tomonidan haqiqiy zarar ko‘rgan insonlar bor. Ularning boshidan o‘tgan voqealarni inkor qilish yoki e’tibor bermaslik— adolatga xiyonat bo‘ladi,” — deyiladi Biber vakili tomonidan berilgan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...