CAA (Amerika ijodkorlar agentligi) tomonidan 11 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan CAA Moebius Showcase 27-28-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu an’anaviy tadbirda AQSHdagi universitetlarining bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yosh rejissyor va kinoijodkorlar o‘zining qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etadi. Bu yilgi showcase dasturiga turli janr va uslubdagi 10 ta qisqa metrajli film tanlab olingan.
Malumotlarga ko’ra, tadbir doirasida ilk bor Moebius Labs loyihasi ham yo‘lga qo‘yildi. U mahorat darsi va ochiq suhbatlardan iborat bo‘lib, yosh kinoijodkorlarga film va televideniye sohasidagi mashhur ssenariynavislar, prodyuserlar hamda ekspertlar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Shuningdek, festivalda rejissyor Maks Barbakov hamda nomi hozircha oshkor qilinmagan “Oskar” mukofoti sovrindori bo‘lgan mashhur muallif va rejissyor ham qatnashishi kutilmoqda.

