Kristofer Nolan smartfon va elektron pochtadan foydalanmasligini aytdi: “Raqamli kishanlar”

Share post:

Zamonaviy kinoning eng muvaffaqiyatli rejissyorlaridan biri bo‘lgan Kristofer Nolan “60 Minutes” dasturidagi intervyusida noodatiy turmush tarzi haqida gapirdi. Ma’lum bo‘lishicha, “Oppengeymer” filmi muallifi hanuzgacha smartfondan foydalanmaydi va elektron pochta manziliga ega emas.

“Men juda ko‘p chop etilgan xatlar olaman, — dedi rejissyor. Bu aloqa shakli hech qachon meni qiziqtirmagan. Menda smartfon yo‘q. Kun sayin bu qiyinlashmoqda. QR-kodlarning qaytishi hayotni ancha murakkablashtirdi. Safarlarda yonimda oddiy tugmali telefon olib yuraman”.

Nolandan “dunyoni o‘zingizdan uzoq tutyapsizmi?” deb so‘ralganda, u shunchaki avval odamlar qanday yashagan bo‘lsa, shunday yashayotganini aytdi.

“Menga raqamli kishanlarni taqib yurmaslik nasib qilganidan juda omadliman, ammo hayot shunday”, — deya xulosa qildi u.

Shuningdek, intervyuda rejissyor yangi filmi — “Odissey” haqida ham gapirdi. Gomer poemasiga asoslangan ushbu film katta miqyosdagi loyiha bo‘lishi aytilmoqda. Premyera 2026-yil 17-iyulga rejalashtirilgan.

Filmda bosh rolni Mett Deymon ijro etadi. Shuningdek, kartinada Tom Holland, Zendaya va Robert Pattinson ham suratga tushmoqda.

Avvalroq Nolan “Go‘zal Yelena” roli uchun aktrisa tanlovi sabab tanqidlar markazida qolgani xabar qilingandi. Gomer poemasiga ko‘ra go‘zalligi uzoq yillik urushga sabab bo‘lgan qahramon obrazini keniyalik-meksikalik aktrisa Lupita Nyongo gavdalantiradi. Ayrim foydalanuvchilar bu tanlov klassik tasvirga mos emasligini ta’kidlab, norozilik bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

DARA Bolgariyaning milliy qahramoniga aylandi

“Eurovideniye – 2026” g‘olibasi DARA Bolgariyada katta tantanalar bilan kutib olindi. Xonanda mamlakat tarixida ilk bor “Eurovideniye” g‘olibligini...

“Uensdey” filmining bosh qahramoni yangi filmda suratga tushadi

“Uensdey” serialining bosh qahramoni Jenna Ortega, fransuz rejissyori Leo Karaksning yangi “Lili Mey Bi” deb, nomlangan filmida bosh...

“Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” filmi ijodkorlari Toshkentda tantanali kutib olindi

O‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan 17-xalqaro inklyuziv...

Munisa Rizayeva shaxsiy hayoti haqida muxlislari bilan bo‘lishdi

Taniqli xonanda Munisa Rizayeva “Shaxsiy chegara” loyihasiga bergan  intervyusida, uning turmush o‘rtog‘i o‘zidan 10 yosh kichik ekanligini aytgan. U ...