Sharliz Teron Shalamening balet va opera haqidagi gaplariga javob qaytardi

Share post:

Sharliz Teron: “10 yildan keyin seni sun’iy intellekt almashtiradi”.

Aktrisa Sharliz Teron mart oyida Timoti Shalame tomonidan aytilgan “balet va operaga endi hech kim qiziqmaydi” degan fikrga munosabat bildirdi.

“Voy, Xudo, umid qilamanki, bir kun u bilan uchrashaman. Bu ikki san’at turiga nisbatan juda o‘ylamasdan aytilgan fikr edi. Axir ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, chunki ha, ular oson davrni boshdan kechirmayapti”, — dedi Teron The New York Timesga bergan intervyusida.
“10 yildan keyin sun’iy intellekt Timotini qilayotgan ishni bajara oladi, lekin u sahnada jonli raqs tushayotgan insonni almashtira olmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.

U shuningdek raqs san’atini himoya qildi:
“Raqs — bu hayotimda qilgan eng qiyin ishlarimdan biri. Raqschilar — bu superqahramonlar. Raqs menga intizomni o‘rgatdi. Tuzilmani o‘rgatdi. Qattiq mehnatni o‘rgatdi. Meni qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatdi”, — dedi Teron.
Uning aytishicha, mashg‘ulotlar tufayli bir necha bor bitmaydigan qadoqlar sabab hatto qon zaharlanishi (infeksiya) holatlarini ham boshdan kechirgan.

Mart oyida Timoti Shalame kinoteatrlar taqdiri balet va opera kabi bo‘lishini istamasligini aytib, ularni “endi hech kimga qiziq emas” deb ta’riflagan edi. Bu fikr ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid qilindi.

Foydalanuvchilar shunday yozishdi:
— “Timoti Shalameni hech kim eslamay qo‘yganida ham, Motsart va Pyotr Ilyich Chaykovskiy baribir sehr yaratishda davom etadi».
— “Balet va opera yaratish jihatidan kinodan ancha murakkab”, — deya ta’kidladi izohlovchilardan biri.

Aktyorning so‘zlari balet artistlari va opera xonandalari tomonidan ham tanqid qilindi. Ular orasida Andrea Bochelli, Vupi Goldberg va balerina Misty Kouplend ham bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jastin Biber Coachella’da Billi Aylishga qo‘shiq bag‘ishladi

Jastin Biber yana Coachella sahnasida diqqat markazida bo‘ldi. Bu safar u qo‘shiqni Billi Aylishga bag‘ishladi. Konsert davomida u...

Timoti Shalame hamon tanqid ostida

Kino olamida yana bir shov-shuvli holat yuz berdi. Bu safar gap Sharliz Teron va Timoti Shalame haqida ketmoqda....

“Transformerlar” franshizasi davom etadi

“Transformerlar” muxlislari uchun yaxshi yangilik – franshiza rasman davom etadi. Avvalroq Paramount Pictures studiyasi 2023-yildagi “Transformerlar: Maxluqlar yuksalishi”...

Eminem yana bobo bo‘ldi

Eminem oilasida yana quvonchli yangilik bilan e’tiborda, u ikkinchi marta bobo bo‘ldi. Uning katta qizi Alayna Skott ilk bor...