10 yil ortga nazar tashlaymiz va shu davr ichida “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan filmlarni eslab ko‘ramiz.
“Jang ortidan jang” (2025)
Rejissyor – Pol Tomas Anderson
Leonardo Di Kaprio filmda inqilobchi Bob rolini o‘ynaydi. U qizni eski dushmani fashist Kapitan Lokjo qo‘lidan qutqarishga harakat qiladi. Kapitan esa qiz aslida uning amerikalik rafiqasi Pefidiya bilan bo‘lgan yashirin munosabatdan tug‘ilgan deb gumon qilinadi.

“Anora” (2024)
Rejissyor – Shon Beyker
Mark Eydelshteyn boy oilaning o‘g‘li rolini o‘ynaydi. U yengiltak ayol Mayki Medisonga uylanadi. Ammo ertak uzoq davom etmaydi ota-onasi AQSH ga kelib, uni majburan ajrashishga undaydi.

“Oppengeymer” (2023)
Rejissyor – Kristofer Nolan
Kilian Myorfi atom bo‘mbasini ixtiro qilgan Robert Oppengeymer rolida. U ilmga bo‘lgan qiziqishi tufayli halokatli qurol yaratganini tushunib, uni odamlar ustida ishlatmaslikka siyosatchilarni ko‘ndirishga harakat qiladi.

“Hammasi har joyda va birdaniga” (2022)
Rejjisyor – Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert
Mishel Yeo kir yuvishxona egasi bo‘ladi va turli parallel olamlarda sayohat qilib, hayotning eng g‘alati va noodatiy variantlarini boshdan kechiradi.

“CODA: Kar ota-onalarning farzandi” (2021)
Rejjisyor – Shan Xeydor
17 yoshli Rubi kar ota-onasi bilan yashaydi. U qo‘shiq aytishga qobiliyati borligini kashf qiladi va uning oldida ikki tanlov bo‘ladi. Biri oilasiga yordam berish bo‘lsa ikkinchisi orzusini amalga oshirish.

“Ko‘chmanchilar o‘lkasi” (2020)
Rejissyor – Xloya Chjao
Frensis Makdormand eri vafotidan so‘ng butunlay pulsiz qoladi. U majburan ko‘chmanchi bo‘lib hayot kechiradi. Safar davomida o‘zi kabi odamlar bilan tanishib, hayotga boshqacha qaray boshlaydi.

“Parazitlar” (2019)
Rejissyor – Pon Jun Xo
Kambag‘al oila o‘g‘li boylar uyida ishlay boshlaydi. Keyin u butun oilasini ham o‘sha uyga joylashtiradi. Ammo ketish vaqti kelganda, ular boy hayotdan voz kecha olmaydi.

“Yashil kitob” (2018)
Rejissyor – Piter Farelli
Viggo Mortensen va Mahershala Ali haydovchi va musiqachi bo‘lib rol o‘ynaydi. Ular birga AQSH janubiga safarga chiqib, irqchilik va stereotiplarni yengishga harakat qiladi.

“Suv shakli” (2017)
Rejissyor – Gilyermo del Toro
Filmda gapira olmaydigan qiz laboratoriyada ishlaydi va u yerda tajriba uchun ushlab turilgan yarim odam, yarim baliq mavjudotni topadi. U bilan yaqinlashib, uni qutqarishga harakat qiladi.

“Oy nuri” (2016)
Rejissyor – Barri Jenkins
Film uch qismdan iborat: bolalik, o‘smirlik va ulg‘ayish. Qahramon o‘z yo‘lini izlaydi, xiyonat, bosim va yolg‘izlikni boshdan kechiradi.


