Jennifer Lopez ajrashishni hayotidagi yangi bosqich deb atadi

Share post:

Amerikalik pop yulduzi Jennifer Lopez sobiq turmush o‘rtog‘i Ben Afflek bilan ajrashishini hayotidagi muhim burilish nuqtasi deb atadi. Ularning nikohi 2024-yilda yakunlangan.

56 yoshli san’atkor bu haqda Nightline teleko‘rsatuvida gapirib berdi. Uning aytishicha, hozir u o‘zini chinakam baxtli inson sifatida his qilmoqda va o‘ziga ko‘proq ishonishni o‘rgangan. Lopez 2024-yil avgust oyida to‘rtinchi marta ajrashganini ma’lum qildi. Ajrashish jarayoni unga hayotga boshqacha nigoh bilan qarash imkonini bergan. Shu sabab u ruhiy tiklanish va jarohatlarni davolash uchun ish faoliyatidan bir yilga tanaffus olgan.

“Men barcha gastrol konsertlarimni bekor qildim va uyda qolib, sodir bo‘lgan voqealarni o‘ylab ko‘rishga qaror qildim. Ish, boshqa inson yoki boshqa narsalar orqali haqiqatdan qochishni istamadim. Shunchaki bir muddat hammasidan uzoqlashishni xohladim”, — deya uning so‘zlarini Page Six keltiradi.

Avvaliga qo‘shiqchi 2024-yil yozida AQSh shaharlari bo‘ylab gastrol safarini boshlashni rejalashtirgan edi. Bu safar uning uzoq tanaffusdan keyin yana musiqa chartlariga qaytishini nishonlash maqsadida tashkil etilishi kerak edi. Chunki uning avvalgi albomi — “A.K.A.” — 2014-yilda chiqqan.

2024-yil fevralida, ajrashishdan bir necha oy oldin, Lopez o‘zining to‘qqizinchi studiyaviy albomi — “This Is Me… Now”ni taqdim etdi. Ushbu albom 2002-yilda chiqqan “This Is Me… Then” albomining davomiy g‘oyasi sifatida yaratilgan. Rejalashtirilgan gastrol safari aynan shu yirik relizni qo‘llab-quvvatlash uchun bo‘lishi kerak edi. Biroq ajrashuv sababli Lopez sahnaga chiqish uchun o‘zida yetarli kuch topa olmaganini tan oldi.

“Menga uyda bolalarim bilan bo‘lishim kerak edi, bu men uchun eng muhim narsa edi. O‘zimga savol berdim: men bilan nima bo‘lyapti? Axir men bu holatda boshqalarni ayblay olmayman. Bu saboq faqat men uchun bo‘lsa kerak. Shuning uchun o‘zimni yaxshiroq tushunishni xohladim”, — deydi qo‘shiqchi.

Jenniferni Mark Entonidan 2008-yilda tug‘ilgan 2 ta o‘g‘il egizak farzandlari bor.

Pop yulduz shaxsiy hayoti haqida ham gapirib, hozir “ketma-ket uchrashuvlarga chiqayotgani” haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U bunday taxminlarni kulgili deb atab: “Xudo saqlasin, men hech narsani buzishni istamayman!” — dedi. Shu bilan birga, u o‘zini hech qachon bo‘lmagan darajada erkin his qilayotganini ta’kidladi.

“Men raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va tadbirkorman. Va men baxtliman. Haqiqatan ham baxtliman! Men sog‘lomman va bor narsam uchun minnatdorman”, — deya xulosa qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Jennifer Lopez ilk bor 1997-yilda restoran prodyuseri Ojani Noaga turmushga chiqqan, biroq bu nikoh bir yildan kam davom etgan. 2001-yilda u raqqos Kris Jadd bilan turmush qurgan, ammo ikki yildan so‘ng ular ajrashgan. Keyinchalik Lopez qo‘shiqchi Mark Entoni bilan oila qurgan va 2014-yilda undan ham ajrashgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Billi Aylish katta kinoda debyut qilishi mumkin

Mashhur amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylish faoliyatining yangi yo‘nalishini sinab ko‘rmoqchi. Variety nashri xabariga ko‘ra, u o‘zining ilk katta...

Uzoq kutilgan “Sakrovchilar” multfilmi jahon prokatida qanday natija ko‘rsatmoqda?

Innovatsion animatsion filmlari bilan mashhur bo‘lgan Pixar studiyasi so‘nggi yillarda original loyihalar borasida qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi....

Anya Teylor-Joy “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmida rol o‘ynashi mumkin

Warner Bros. 2024-yilda “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmi ustida ish boshlash rejalari haqida e’lon qilgan edi. Shundan beri...

Mayli Sayrus 15 yildan so‘ng yana “Hanna Montana” obrazida

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Mayli Sayrus 15 yil ichida ilk bor Hanna Montana obrazida ko‘rindi. U mashhur “Hanna...