Anya Teylor-Joy “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmida rol o‘ynashi mumkin

Share post:

Warner Bros. 2024-yilda “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmi ustida ish boshlash rejalari haqida e’lon qilgan edi. Shundan beri loyiha haqida ma’lumotlar juda kam edi, biroq hozir suratga olish ishlari yaqin orada boshlanishi mumkinligi aytilmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Leo Vudall filmda Aragorn rolini ijro etish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Asl trilogiyada bu qahramonni o‘ynagan Viggo Mortensen esa bu rolga qaytishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng insayder Deniyel Rixtman X ijtimoiy tarmog‘ida Anya Teylor-Joy filmning asosiy ayol roli uchun muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Qahramon kim bo‘lishi hozircha oshkor etilmagan, biroq ko‘pchilik bu rol Arven bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Asl trilogiyada bu obrazni Liv Tayler ijro etgan.

Film syujeti haqida

Yaqinda filmning kengaytirilgan sinopsisi e’lon qilindi va unda yangi loyiha haqida ko‘proq tafsilotlar ochib berildi. Film “Hobbit” va “Uzuklar hukumdori” trillogiyasi voqealari orasidagi bog‘lovchi hikoya sifatida tasvirlanadi. Unda yangi qahramonlar bilan birga tomoshabinlarga tanish bo‘lgan personajlar ham paydo bo‘ladi.

Hikoya hali Smeagol yosh bo‘lgan davrni ko‘rsatadi — u hali Gollumga aylanishidan ancha oldin. Bilbo Beggins uzukni topib olganidan so‘ng, Gollum uni qaytarib olish umidida o‘z g‘oridan chiqib, uni qidirishga majbur bo‘ladi. Shu vaqtda Gandalf Aragorn (o’sha paytda Strayder nomi bilan tanilgan) ga Gollumni topishni buyuradi. Chunki u uzuk qayerda ekanini bilishi mumkin va bu ma’lumot Sauron foydasiga hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Film voqealari Bilbo tug‘ilgan kunidan keyin g‘oyib bo‘lgan davr bilan uzuk birligi tuzilishi oralig‘idagi qorong‘i davrda sodir bo‘ladi.

Film rejissyori sifatida Endi Syorkis ishlaydi va u yana Gollum rolini ham ijro etadi. Ssenariy mualliflari-Filippa Boyens, Fren Uolsh, shuningdek Fibi Gittins va Art Papageorgiu. Premyera 2027-yil 16-dekabrga rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Mayli Sayrus 15 yildan so‘ng yana “Hanna Montana” obrazida

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Mayli Sayrus 15 yil ichida ilk bor Hanna Montana obrazida ko‘rindi. U mashhur “Hanna...

Killian Myorfi o‘zini Rozaliya va Borkning muxlisi deb atadi

Irlandiyalik aktyor va musiqachi Killian Myorfi 28-fevral kuni Manchesterda bo‘lib o‘tgan “BRIT Awards 2026” marosimi haqida o‘z fikrini...

Pixar “Maxluqlar uyushmasi” olamida uchinchi filmni ishlab chiqmoqda

Pixar animatsion studiyasi “Maxluqlar uyushmasi” franshizasining yangi to‘liq metrajli qismini rasman ishlab chiqmoqda. Bu haqdagi ma’lumot The Wall Street...

Benni Blanko Selena Gomezning ruhiy kasalligi haqida gapirdi

Musiqachining yaqin do‘sti Lil Dicky va uning rafiqasi Kristin Batalauku bilan suhbat davomida Gomez bu tashxis uning hayotini...