Pixar animatsion studiyasi “Maxluqlar uyushmasi” franshizasining yangi to‘liq metrajli qismini rasman ishlab chiqmoqda.

Bu haqdagi ma’lumot The Wall Street Journal nashrining studiya ichki faoliyatiga bag‘ishlangan katta maqolasida, yangi film — “Hopperlar” chiqishi arafasida e’lon qilindi.
Franshizaning ilk filmi —“Maxluqlar uyushmasi” rejissyor Pit Dokter tomonidan suratga olingan bo‘lib, 2001-yilda taqdim etilib, dunyo bo‘ylab 500 million dollardan ortiq daromad keltirgan. 2013-yilda esa uning prikveli — “Maxluqlar unversiteti” namoyish etildi va u yanada katta muvaffaqiyatga erishib, 743 million dollar yig‘di.

Keyinchalik franshiza asosida “Maxluqlar uyushmasi” nomli animatsion serial ham yaratilgan bo‘lib, u ikki mavsum davom etgan.
Yangi film haqida hozircha tafsilotlar oshkor qilinmagan. Rejissyor, syujet va voqealar qachon sodir bo‘lishi haqida ma’lumotlar hozircha sir saqlanmoqda.
Shu bilan birga, studiyaning yangi filmi — “Hopperlar” oldindan namoyishda 3,2 million dollar yig‘di. Prognozlarga ko‘ra, u ilk dam olish kunlarida 40 million dollargacha daromad qilishi mumkin.

