O‘zbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO ro‘yxatiga kiritildi

Share post:

2026-yil 9-13-fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi”ning yakuniy xulosalari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan 9 ta nomzodnomalardan 7 tasi ma’qullanib, AYSESKO’ning “Moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari”ning boshlang‘ich ro‘yxatiga kiritildi.

Ro’yxatga quyidagilar kiritilgan:

– 4 ta nomoddiy madaniy meros namunasi – yog‘och o‘ymakorligi san’ati, miniatyura san’ati, xattotlik san’ati, kitobat va tahzib san’ati;
– 3 ta moddiy madaniy meros obyekti – Qadimiy Termiz majmuasi, Shahrisabz tarixiy-majmuasi, Mizdahkan tarixiy-majmuasi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining quyidagi 19 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO’ning “Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritilgan:

Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Ismoil Samoniy maqbarasi, Chor Bakr majmuasi, Bahouddin Naqshband majmuasi, Magoki Attor masjidi, Poyi Kalon majmuasi, Qadimiy Poykent shahri xarobalari, Saroyi Tosh madrasasi, Ipak yo‘llari: Zarafshon–Qaroqum yo‘lagi, Turonning sovuq qishloq cho‘llari, Samarqand — madaniyatlar chorrahasi, Buxoro tarixiy markazi, Zaamin tog‘lari (Jizzax viloyati), Shahrisabz tarixiy markazi, Sulton Saodat majmuasi, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi, Sulton Uvays Bobo maqbarasi, Sayyid Ataliq madrasasi hamda O‘zbekistonda kulolchilik (keramika) san’ati.

Kuni kecha ro‘yxatga olinganlar bilan jami 26 ta O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari  AYSESKO’ning “Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...

Pak Chxan Uk 2026-yilgi “Kann” kinofestivali hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi

Janubiy koreyalik mashhur rejissyor Pak Chxan Uk 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Kann kinofestivalining hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi. Bu...