Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Rise of the Conqueror” (Tamerlane) filmining ishchi posterlari hamda qisqacha mazmuni taqdim etildi.


Film voqealari 1360-yillarga borib taqaladi. O‘sha davrda Sharq va G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li tanazzulga yuz tutadi, Mo‘g‘ullar imperiyasi parchalanadi va bir paytlar ravnaq topgan shaharlar xarobaga aylangani tasvirlanadi.
Syujetga ko‘ra, Temur hayoti xiyonat, og‘ir yo‘qotishlar va jarohatlar bilan sinovdan o‘tadi. O‘zi uchun eng qadrli insonlardan ayrilgach, u boshidan kechirgan azoblarni kuchga aylantirib, dushmanlarini mag‘lub etadi, poraxo‘r hukmdorni taxtdan ag‘daradi va yetakchilikni qayta qo‘lga oladi.
Film rejissyori Jeykob Shvarts bo‘lib, loyihada AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Mo’g’uliston, Qozog’iston va O’zbekistondan xalqaro aktyorlar jamoasi ishlagan. Amir Temur rolini Kristian Mortensen ijro etadi. Uning raqibi Amir Huseynni Mahesh Jadu, Sohibqironning birinchi xotini rolini esa Yulduz Rajabov ijro etgan.
Film premyerasi 2026-yilda bo‘lib o‘tadi.

