O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son qarori asosida tasdiqlangan “Tirik tarix” film loyihalari doirasida “O‘zbekfilm” kinokonserni va “Tojikfilm” kinostudiyasi hamkorligida “Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” filmi tasvirga olinmoqda. Ushbu dasturga jami 54 ta tarixiy film kiritilgan.


Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinokonserni va “Tojikfilm” kinostudiyasi hamkorligida ishlab chiqilmoqda.
“Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” tarixiy badiiy filmining suratga olish jarayonlari nihoyasiga yetib bormoqda. Loyiha doirasidagi so‘nggi ishlar rasman boshlangan. Film suratga olinayotgan maydonga Kinematografiya agentligi raisi Shuhrat Rizayev hamda “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK direktori Bahodir Muhamedov tashrif buyurib, ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Buyuk mutafakkirlar — Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy do‘stligi, ma’naviy merosini yorituvchi ushbu film milliy kinematografiyamizdagi muhim loyihalardan biri sifatida tomoshabinlar e’tiborini tortishi kutilmoqda.

