Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlar topildi

Share post:

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi.

Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga ishoradir, deyiladi Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotda. Shu paytgacha Indoneziyaning Sulavesi oroli janubida va Borneo orolining sharqidagi g‘orlar devorlarida topilgan rasmlarni olimlar eng qadimgi namunalar deb hisoblashgan. Sulavesi orolining janubi-sharqiy qismi hozirgacha o‘rganilmagan edi.

Avstraliyaning Brisben universiteti olimlari Maksim Obert boshchiligida bu yerda 14 ta yangi arxeologik yodgorlik topishdi. Yangi tasvirlar, jumladan, inson qo‘llarining bo‘yalgan izlari va odamlarning rasmlari Sulavesi janubi-sharqidagi Muna orolidagi karst g‘orlarida aniqlandi. Ularning yoshini aniqlash uchun olimlar o‘n minglab yillar davomida rasmlarni qisman qoplashga ulgurgan minerallarning radioizotop tahlilidan foydalanishdi.

Tahlillar rasmlarning quyi yosh chegarasi 67800 yil ekanini ko‘rsatdi, bu ularning fanga ma’lum bo‘lgan inson qo‘li bilan yaratilgan tasvirlarning eng qadimiysi ekanini ko‘rsatmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...