1 milliard AQSH dollarlik investitsiyadan so‘ng yangi Jeyms Bond film jarayonlari tezlashdi.

Garchi ular seriyaning muallifi bo‘lib qolayotgan bo‘lsa ham, bu kelishuv kelajakdagi barcha filmlarning ijodiy nazoratini Amazon qo‘liga topshiradi. Bu esa muxlislar orasidagi havotirlarga sabab bo‘lmoqda.
Keyingi film — “Bond – 26” uchun 250 million funt sterling (taxminan 12,2 trillion so‘m) byudjet ajratilishi kutilmoqda. Bu mablag‘ Deniyel Kreygning so‘nggi filmi: “O‘lish vaqti emas” (No Time to Die) filmining xarajatiga teng.
The Sun’ nashri xabar berishicha, film 2027-yil oxirida kinoteatrlarda namoyish etilishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, “Bond boshqaruvchilari allaqachon keng qamrovli syujet va qayta boshlash g‘oyalarini taklif qilgan.”
Sarmoyani tezroq qoplash umidida ssenariy mualliflari yig‘ilishlar o‘tkazmoqda. Bond filmlari odatda oktabr yoki noyabr oylarida premyera qilinadi.
Kreygning o‘rnini egallaydigan yangi Bond rolidagi qahramonni izlash jarayoni so‘nggi haftalarda avj olgan. Bu jarayonda Aaron Teylor-Jonson, Harris Dikinson va Jeyms Norton kabi aktyorlar nomzod sifatida tilga olinmoqda.
Rejissyor borasida esa Puck’ nashrining xabariga ko‘ra, prodyuserlar filmni ishlab chiqish uchun Devid Xeyman (“Garri Potter”) va Emi Paskal (“O‘rgimchak odam” filmlari) bilan muzokara olib bormoqda.
2024-yil mart oyida Teylor-Jonsonning Bond rolini qo‘lga kiritgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo aktyor bu da’volardan uzoq turib, “Menga kelajak chizib berilayotgandek tuyulmaydi. Mening uchun qanday yo‘l chizilmasin, men undan ham yaxshiroq yo‘l topa olaman, deb o‘ylayman”, — degan edi.
Amazonning Bond seriyasini sotib olishi turli yangi “spin-off” loyihalarini ham olib kelishi kutilmoqda. Biroq manbalarga ko‘ra, Amazon muxlislarning yangi filmni intiqlik bilan kutayotganini biladi va “suratga olish jarayonlarini kelasi yil oxirigacha yakunlashni istaydi”.

Film katta ekranlarga chiqqanida, u yangi Bond filmini kutish bo‘yicha o‘z rekordini takrorlaydi. Bu rekord oldingi Britaniya josusi Jeyms Bondni birinchi bo‘lib, 1962-yilda “Dr. No” filmida rol o‘ynagan Shon Konneri davridan beri eng uzun tanaffus bo‘ladi.
Shu kungacha eng uzoq tanaffus Timoti Daltonning “Licence to Kill” (1989) filmidan so‘ng 6 yil o‘tib, 1995-yilda premyera qilingan “Oltin ko‘z” filmi hisoblangan.
Seriyaning uzoq yillik prodyuseri Uilson quyidagicha bayonot bergan edi:
“007 bilan bog‘liq ajoyib 60 yil ichida men san’at va xayriya loyihalariga e’tibor qaratish uchun Jeyms Bond filmlarini suratga olishdan chekinishga qaror qildim. Shu bois Barbara va men ishonchli hamkorimiz. Amazon MGM Studios Bondni kelajakka olib chiqish vaqti kelganiga ishonamiz.”
Seriyaning yana bir prodyuseri Barbara Brokkoli esa shunday dedi:
“Hayotimni otamiz Kabi Brokkolining bizga qoldirgan ajoyib merosini asrab-avaylash va rivojlantirishga bag‘ishladim. 007 obrazini jonlantirgan to‘rtta iste’dodli aktyor va minglab soha mutaxassislari bilan ishlash men uchun sharaf bo‘ldi.”
Deniel Kreyg esa “O‘limga vaqt yo‘q” filmida Bond roli bilan xayrlashgan edi.Brokkoli qo‘shimcha qildi:
“Agent 007/ O‘limga vaqt yo‘q” yakunlangach va Maykl filmlardan nafaqaga chiqqach, endi boshqa loyihalarga e’tibor qaratish vaqti keldi, deb his qilyapman” degan.