Aktyor Adam Sendler o‘zida qarish alomatlarini sezayotganini tan oldi. U vafotiga qadar yana kamida 50 ta filmda suratga tushishga va’da berdi.

“Men juda ham qarib qoldim. Telefonimdagi shrift shunchalik katta-ki, samolyotda deraza yonida o‘tirgan har kim xabarlarimni bemalol o‘qiy oladi. Kino san’ati va fanlari akademiyasi mukofotlarini topshirishganda esa men atigi sakkiz daqiqa hushyor tura olaman”, — dedi aktyor.
59 yoshli Sendler kino sohasida faoliyatini davom ettirishini va muxlislarini xursand qilishda davom etishini ta’kidladi. U yana ko‘plab loyihalarda ishtirok etishga va’da berdi.
“Barchaga va’da beraman: vafotimga qadar kamida yana 50 ta filmda suratga tushaman va ularning kamida 25 tasi yaxshi bo‘ladi”, — dedi aktyor.

Adam Sendler 2003-yilda model Jeki Sendler bilan oila qurgan. Ular ko‘plab loyihalarda birga suratga tushishgan. 2006-yilda juftlikning Sedi ismli qizi tug‘ilgan. 2008-yilda esa ular ikkinchi bor ota-ona bo‘lishdi — bu safar Sanni ismli qizlari dunyoga keldi.

