“G‘alati narsalar” mualliflari sun’iy intellektdan foydalanganlikda ayblanmoqda

Share post:

Mashhur “G‘alati narsalar” seriali atrofida yangi bahs-munozara avj oldi. Muxlislar serial ssenariy mualliflarini ijod jarayonida sun’iy intellektdan, xususan ChatGPT’dan foydalanganlikda ayblamoqda. Bunga sabab yakuniy mavsum suratga olinishi haqida hikoya qiluvchi “So‘nggi sarguzasht” hujjatli filmida paydo bo‘lgan bir kadr bo‘ldi.

Filmning sahna orti lavhalaridan birida ssenaristlardan birining noutbuk ekranida ochiq turgan oynalar orasida ChatGPT interfeysi ham ko‘rinib qolgan. Aynan shu lahza ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi va muxlislar ijodiy jarayonning shaffofligiga shubha bilan qaray boshlashdi.

Shubhalarni kuchaytirgan yana bir omil — aka-uka Dafferlarning yakuniy mavsum suratga olish ishlari to‘liq tayyor ssenariysiz boshlanganini tan olganidir. Bu holat ayrim muxlislar tomonidan sun’iy intellekt yordamida syujet va dialoglar ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkinligiga ishora sifatida qabul qilindi.

Ayni paytda Netflix va serial ijodkorlari ushbu ayblovlarga munosabat bildirmadi. Bu sukut muxlislar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bahs markazida esa asosiy savol turibdi: zamonaviy texnologiyalar ijodga yordamchi bo‘lib qoladimi yoki uni asta-sekin almashtira boshlaydimi?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...