Nikol Kidman Kit Urban bilan ajrashdi

Share post:

Aktrisa Nikol Kidman musiqachi Kit Urban bilan rasman ajrashdi, deb xabar bermoqda Daily Mail. O‘rtadagi mulk 282 million dollar miqdorida bo‘lib olingan.

Ajrashish haqidagi arizani aynan aktrisaning o‘zi topshirgan. Unda u o‘rtasida “murosasiz kelishmovchiliklar” mavjudligini, shu sababli oilaviy hayotni davom ettirishning imkoni yo‘qligini ta’kidlagan.

Tomonlar mulkni taqsimlash bo‘yicha kelishuv imzolashdi. Bank hisoblari, investitsiyalar, san’at asarlari, uylar va avtomobillar teng ikki qismga bo‘linadi. Shu bilan birga, har bir tomon hozir o‘z tasarrufida bo‘lgan mulkni saqlab qoladi. Qayd etilishicha, nikoh davomida juftlik Sidneyda joylashgan baland binodagi olti kvartira, Manxetten va Beverli-Xillzdagi uylar, Neshvilledagi hashamatli uy hamda Avstraliyadagi mulkni sotib olgan. Umumiy mulkning qiymati 282 million dollarga baholanmoqda.

Bolalar bilan muloqot tartibi alohida belgilangan. Ular asosan onasi bilan yashaydi. Nikol Kidman bilan 17 yoshli Sandi Rouz va 15 yoshli Feyt yiliga 306 kunni o‘tkazadi. Otasi esa ularni 59 kun ko‘ra oladi, ya’ni oyning har ikkinchi dam olish kunlarida.

Nikol Kidman va Kit Urban ajrashganidan xursand bo‘lganlar orasida aktrisaning katta farzandlari — Izabella va Konnor ham bor. Ularni Nikol Kidman Tom Kruz bilan turmush qurgan paytida bolalar uyidan asrab olgan. Ularning fikricha, Urban zararli odatlari tufayli Kidmanga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...