Bruno Mars tez orada yangi albomini chiqaradi

Share post:

Amerikalik pop xonanda Bruno Mars uzoq kutilgan yangi albomi tez orada chiqishini ma’lum qildi.

San’atkor bu haqda o‘z blogida xabar berib, qisqa va lo‘nda tarzda: “My album is done” (“Mening albomim tayyor”) deb yozdi. Xabar qisqa bo‘lishiga qaramay, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bo‘lajak reliz Bruno Marsning deyarli o‘n yil ichidagi ilk yakkaxon studiyaviy albomi bo‘ladi. Uning avvalgi plastinkasi — 24K Magic, 2016-yilda chiqqan bo‘lib, juda katta muvaffaqiyat qozongan, keng e’tirof etilgan va bir nechta nufuzli mukofotlar, jumladan “Gremmi” bilan taqdirlangan edi.

So‘nggi yakkaxon albomi chiqqanidan keyingi yillarda Bruno Mars asosan qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratdi. 2021-yilda u Anderson .Paak bilan birgalikda yozilgan An Evening with Silk Sonic albomini taqdim etdi, 2024–2025 yillarda esa Ledi Gaga hamda “BLACKPINK” guruhidan Rose bilan mashhur treklar yaratishda ishtirok etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...