“Emili Parijda” seriali oltinchi mavsumga uzaytirildi

Share post:

Netflix striming platformasi mashhur romantik komediya — “Emili Parijda” (Emily in Paris) seriali oltinchi mavsumga rasman uzaytirilganini e’lon qildi. Serial bir necha yildan buyon tomoshabinlar orasida katta mashhurlikka ega bo‘lib kelmoqda va platformaning eng ko‘p muhokama qilinadigan loyihalaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, filmning yangi mavsumi 11 kun ichida 26,8 million tomosha yig‘ib, dunyoning 24 ta mamlakatida, jumladan Fransiya, Italiya, Braziliya va Germaniyada xitga aylandi. Mavsum finali ko‘plab savollarni ochiq qoldirdi, shu bois ijodkorlar ularga javoblarni keyingi qismlarda berishi aniq.

Asarning markazida amerikalik marketolog Emili Kuper (Lili Kollinz) turadi. U ish yuzasidan Parijga ko‘chib o‘tadi va mutlaqo yangi muhitga tushib qoladi. Emili jahon modasi poytaxtida ishlashni orzu qilgan bo‘lsa-da, fransuz madaniyati, ish uslubi va mentaliteti bilan to‘qnash kelib, ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Serial davomida u kasbiy o‘sish, shaxsiy hayot, do‘stlik va muhabbat mavzulari bilan yuzma-yuz bo‘ladi.

Oldingi mavsumlarda nimalar bo‘ldi?

Beshinchi mavsum voqealari faqat Parij bilan cheklanib qolmadi. Syujet qisman Rim shahriga ko‘chdi. Emili Marcello Muratori (Eujenio Frankeskini) — qimmatbaho jun mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya merosxo‘ri bilan tanishgach, Italiyaga boradi. U yerda bosh qahramon nafaqat shaxsiy hayotini tartibga solishga, balki Parijdagi marketing kompaniyasining Italiya bo‘limi faoliyati uchun mas’ul bo‘lishga majbur bo‘ladi. Bu esa Emilining karyerasida yangi bosqichni boshlab beradi.

Oltinchi mavsumdan nimalar kutilmoqda?

Oltinchi mavsumda Emili hayotidagi muhim qarorlar, professional mas’uliyat va romantik munosabatlarning yanada murakkablashishi kutilmoqda. Tomoshabinlar Parij va Rim o‘rtasidagi voqealar davom etadimi yoki syujet yangi shaharlarga ko‘chadimi — bu hozircha sir. Biroq ijodkorlar serial uslubiga xos bo‘lgan moda, sayohat, sevgi va yengil yumorni saqlab qolishini ta’kidlashmoqda.

Serial shou-ranneri — mashhur prodyuser va ssenariynavis Darren Star, u ilgari ham bir qator muvaffaqiyatli loyihalar bilan tanilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...