Kerem Bursin yangi munosabatlarini oshkor qildi: Selin Yag‘jiog‘lu kim?

Share post:

“Qalbim Eshigini Chert ” seriali orqali tomoshabinlar mehrini qozongan, Serkan Bolat obrazi bilan mashhur bo‘lgan turk aktyori Kerem Bursin o‘zining yangi sevgisini rasman tan oldi. Aktyorning yangi jufti bloger va inflyuenser Selin Yag‘jiog‘lu bo‘lib, so‘nggi kunlarda uning nomi ijtimoiy tarmoqlar va OAVda keng muhokama qilinmoqda.

Juftlikning birga ko‘rinishi va ijtimoiy tarmoqlardagi ishorali postlari uzoq vaqt davom etgan mish-mishlarga nuqta qo‘ydi — bu munosabatlar endi shunchaki taxmin emas, balki haqiqat ekanini tasdiqladi.

Mazkur yangilik muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Internetda darhol Selin Yag‘jiog‘lu Keremning sobiq sevgilisi — “Qalbim Eshigini Chert ” serialidagi hamkori Hande Erchel bilan taqqoslana boshlandi. Bir paytlar turk shou-biznesidagi eng chiroyli juftliklardan biri hisoblangan Kerem va Hande 2022 yilda munosabatlarini yakunlagan, biroq ajralish sabablari oshkor qilinmagan.

Selin Yag‘jiog‘lu ijtimoiy tarmoqda o‘z auditoriyasiga ega, uslubi va faoliyati bilan ajralib turadigan mustaqil shaxs sifatida tanilgan. Ko‘plab foydalanuvchilar uning Hande Ercheldan nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki hayot tarzi bilan ham farq qilishini ta’kidlashmoqda, bu esa juftlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

Kerem Bursin esa shaxsiy hayotiga oid tafsilotlarni oshkor etmaslikni afzal ko‘rmoqda. Shunga qaramay, uning xotirjamligi va jamoat oldidagi ishonchli chiqishlari aktyor hayotida yangi va uyg‘un davr boshlanganidan darak beradi. Endi muxlislar bu munosabatlar turk shou-biznesidagi navbatdagi yirik sevgi hikoyasiga aylanishini kuzatib borishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...