“Juda g‘alati ishlar” Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan serialga aylandi

Share post:

“Juda g‘alati ishlar” seriali yakuniga yetib borar ekan va Netflix’ning mashhur seriali finali Yangi yil arafasida namoyish etilishi kutilar ekan, uning so‘nggi to‘qqiz yil davomida madaniyatga ko‘rsatgan ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Variety nashrining xabar berishicha, so‘nggi mavsum rekord darajadagi tomoshalarni qayd etdi.

Endilikda, beshinchi mavsumning birinchi qismi chiqqaniga bir oydan kam vaqt o‘tib va ikkinchi qismi chiqishiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda, Netflix “Juda g‘alati ishlar” serialining umumiy tomoshalari soni 1,2 milliarddan oshganini ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich serialni Netflix tarixidagi barcha seriallardan — hatto “Uensdey” va “Kalmar o‘yini”dan ham — yuqori o‘ringa olib chiqdi. 2022-yilda chiqqan to‘rtinchi mavsum esa Netflix talqiniga ko‘ra, barcha davrlarning eng mashhur ingliz tilidagi seriallari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda qolmoqda. Olti yildan ortiq vaqt avval chiqqan uchinchi mavsum esa faqat yaqinda ushbu reytingni tark etdi.

Beshinchi mavsumning ilk qismi atigi 25 kun ichida 102,6 million tomoshani yig‘di. Shubhasizki, kelasi oyda beshinchi mavsum barcha davrlarning eng mashhur teleseriallari hit-paradiga kiradi. Bundan tashqari, Netflix ma’lumotlariga ko‘ra, har bir mavsumning yakuniy qismlari chiqqanidan so‘ng reytinglarda hisob-kitoblar 91 kun davom etadi. Bu degani, beshinchi mavsum Yangi yil finalidan keyin ham yana uch oy davomida tomosha yig‘adi. Mavsumning birinchi o‘ringa chiqish ehtimoli juda yuqori.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...