Mashhur aktrisa Ana de Armas Abu-Dabiga qilgan sayohati davomida mahalliy urf-odat va diniy an’analarga hurmat bajo keltirdi. U shahardagi masjidlardan biriga tashrif buyurar ekan, belgilangan qoidalarga amal qilib, hijobda kirgani bilan e’tibor qozondi.


Aktrisaning bu qadami ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar uning boshqa madaniyat va qadriyatlarga nisbatan hurmat bilan yondashganini ijobiy baholadi. Ana de Armasning sodda va didli obrazda ko‘rinishi ham alohida ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, aktrisa Abu-Dabiga ish va sayohatni birlashtirgan holda kelgan. U safari davomida shaharning tarixiy va madaniy maskanlarini ziyorat qilib, mahalliy hayot bilan yaqindan tanishmoqda.
Bu kabi holatlar mashhur shaxslarning turli mamlakatlarga tashrifi chog‘ida mahalliy an’analarga rioya etishi muhimligini yana bir bor eslatib o‘tmoqda.

