G‘arb OAV xabarlariga ko‘ra, mashhur aktyor Bredli Kuper va model Jiji Hadid munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Aytilishicha, 50 yoshli Kuper 30 yoshli Hadidga turmush qurishni taklif qilgan. Bu xabar muxlislar va ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Daily Mail nashrining yozishicha, juftlikning to‘yi kelasi yil bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Jidjining onasi Yolanda Hadid bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan va bunga rozi bo‘lish “oson kechgan”. Biroq, Jijining otasiga bu haqda aytishi ancha jiddiy va rasmiy qadam bo‘lgani ta’kidlanadi.

Insayderlarning aytishicha, bu nikoh nafaqat ikki mashhur shaxsning munosabati, balki ularning oilalari uchun ham muhim voqea hisoblanadi. Bredli Kuper Irina Shayk bilan bo‘lgan munosabatidan tug‘ilgan 8 yoshli qizi Leani tarbiyalamoqda. Jidji Hadid esa qo‘shiqchi Zeyn Malikdan bo‘lgan 5 yoshli qizi Xayning onasi.
So‘nggi paytlarda juftlik tez-tez birga ko‘rinish berib, jamoatchilik e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Agar xabarlar tasdiqlansa, bu yil mashhur juftliklar orasida eng ko‘p muhokama qilinadigan to‘ylardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

