“Titanik” filmi rejissyori Jeyms Kemeron milliarderlar ro‘yxatida

Share post:

1980-yillardan beri Kemeronning filmlari deyarli 9 milliard dollar daromad keltirdi va bu daromaddan uning ulushi shaxsiy boyligining asosiy qismini tashkil qiladi.

Forbes nashri yozishicha kanadalik rejissyor Jeyms Kemeronning boyligi 1 mlrd dollardan oshgan. Bunga “Titanik” va “Avatar” kabi kassabop filmlar sabab bo‘lgan.

1980-yillardan beri Kemeronning filmlari deyarli 9 milliard dollar daromad keltirdi va bu daromaddan uning ulushi shaxsiy boyligining asosiy qismini tashkil qiladi. Asosiy loyihalar qatoriga “Avatar”, “Titanik”, “Terminator” va “Begonalar” filmlari kiradi.

Kemeronning o‘zi esa boy ekanini inkor etadi. “Men milliarder bo‘lishni istardim. Bu qandaydir bitimlarni nazarda tutadi, menda esa ular bo‘lmagan”, dedi u jurnalist Mettyu Belloniga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, Kemeron yaqin oylarda yanada boyib ketadi – Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, u “Avatar: Olov va kul” filmi uchun soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan oldin kamida 200 million dollar ishlab topadi.

Ma’lumot o‘rnida, Kemeron yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan, keyin New World Pictures kompaniyasida haftasiga 175 dollar maosh bilan Rojyer Korman yordamchisi bo‘lgan. Uning debyut ishi “Piranya 2” (1981) filmi edi, ammo kelishmovchiliklar tufayli u ikki haftadan keyin ishdan bo‘shatildi. “Terminator” filmi esa muvaffaqiyat qozondi: 6,4 million dollarlik budjet bilan film 78 million dollar yig‘di va butun franshiza taxminan 2 milliard dollarni tashkil etdi.

Kino olamidagi boshqa milliarderlar orasida Jorj Lukas (“Yulduzlar jangi” franshizasi), Stiven Spilberg (“O‘zga sayyoralik”, “Jag‘lar”), Piter Jyekson (“Xobbit” va “Uzuklar hukmdori”) va Tayler Perri (“Sevgi haqida qo‘shiq”) bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...