Miranda Kerrning baxtli oila siri: Muvozanat va o‘rganish

Share post:

Snapchat asoschisi Evan Shpigel bilan baxtli hayot kechirayotgan dunyoga mashhur supermodel Miranda Kerr, baxtli oila sirini oshkor qildi. Kerr, Shpigel bilan turmushdagi ustuvor jihatlarini so‘zlab berdi





Bir paytlar Victoria’s Secret’ning asosiy modellardan biri bo‘lgan Miranda Kerr, 2015-yildan beri birga bo‘lgan va 2017-yilda turmush qurgan Evan Shpigel bilan baxtli oila sirini oshkor qildi. Snapchat asoschisi, milliarder, ishbilarmon Evan Shpigel bilan nikohidan uch nafar, sobiq turmush o‘rtog‘i Orlando Blumdan esa bitta farzandi bo‘lgan Miranda, baxtli oila sirini “muvozanat va bir-biridan o‘rganish”da ekanligini aytdi.


Men undan o‘rganaman, u mendan o‘rganadi. Bir-birimizni muvozanatda saqlaymiz. 11 yildan beri birgamiz va u mening eng sevimli insonim,” — degan 41 yoshli avstraliyalik model. U, 34 yoshli amerikalik turmush o‘rtog‘i Evan Shpigel bilan juftlik sifatida ham bir-birlarini, ham oilaning muhim ekanligini bilishlarini ta’kidladi.

Oila va bir-birlariga e’tibor berish juda muhim ekanini ta’kidlagan Miranda Kerr, turmush o‘rtog‘ini “U chinakam oila boshlig‘i” deb ta’rifladi. Kerr: “Shuning uchun bizni qizil yo‘lakchada ko‘rgan har bir kishi: “Miranda nahotki sen tashqaridasan?” derdi. Rostini aytsam, Evan va men uyda bo‘lishni yaxshi ko‘ramiz, lekin ba’zan ota-onalar ham tashqariga chiqishga majbur bo‘ladi,” — deya hazil qildi.

Miranda Kerr va Evan Shpigel 2017-yilda atigi 45 kishi ishtirokida to‘y qilib oila qurgan edi.


Juftlikning 9 yoshli Pyer, 6 yoshli Xart va 5 yoshli Maylz ismli uch o‘g‘li bor.


Miranda Kerrning Orlando Blum bilan turmushidan esa 13 yoshli Flinn ismli yana bir o‘g‘li bor. Kerr sobiq turmush o‘rtog‘i Blum va uning unashtirilgan jufti Keti Perri bilan yaqin munosabatlarini davom ettirayotganini va ular katta bir oila ekanliklarini aytgan.




Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Teylor Svift ovozi va obrazini AI dan himoya qilish uchun tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Teylor Svift jamoasi xonandaning ovozi va obrazini sun’iy intellekt tomonidan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish maqsadida AQSh Patent va...

Tom Xardi aktyorlik faoliyatida tanaffus oladi

Tom Xardi sog‘lig‘i sabab aktyorlik faoliyatida bir necha yillik tanaffus olishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mail xabar...

Xiva shahrida xalqaro xoreografiya yig‘ilishi o‘tkazildi Xiva shahrida xalqaro xoreografiya yig‘ilishi o‘tkazildi Xiva shahrida III xalqaro “Lazgi” raqs festivali doirasida...

Jahon madaniy taraqqiyotida raqs san’ati: an’ana va umumbashariy qadriyatlar

Bugun, 27-aprel kuni Xiva shahrida III “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida “Jahon madaniy taraqqiyotida raqs san’ati: an’ana va...