Dimash Kudaybergen BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) global yaxshi niyat elchisi etib tayinlandi

Share post:

XMT Bosh direktori Emi Pope ta’kidlaganidek, Dimash o‘zining betakror ovozidan nafaqat tinglovchilarning qalbiga yetib borish, balki inqirozlardan jabr ko‘rgan insonlarning dardini anglash, ularning ko‘zidagi alamni ko‘rish va madaniy o‘ziga xosliklarini chuqur his etish uchun ham foydalanadi.

“Biz Dimashni Xalqaro migratsiya tashkilotining global yaxshi niyat elchisi sifatida katta faxr bilan tabriklaymiz. U ushbu mas’uliyatli vazifaga qanday yangilik va ilhom olib kelishini nihoyatda katta qiziqish bilan kutmoqdamiz,” — dedi Pope.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillar davomida bir qator mashhur shaxslar BMT tizimida yaxshi niyat elchilari sifatida faoliyat yuritgan. Ular orasida:
Anjelina Joli (UNHCR) — qochqinlarni himoya qilish yo‘lidagi faoliyati bilan (2001–2022);
Shakira (UNICEF) — erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari bilan;
Devid Bekxem (UNICEF) — bolalarni zo‘ravonlik, kasallik va qashshoqlikdan himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari bilan (2005 yildan hozirgacha);
Lionel Messi (UNICEF) — bolalar salomatligi va ta’limini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtiroki bilan (2010 yildan hozirgacha).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bepul kinonamoyishlarga marhamat!

1−25-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2025-yilda suratga olingan eng yangi o‘zbek filmlarining 25 kunlik bepul kinonamoyishlar...

Hollywood tepaligida Sidni Suini bilan mojaro

Aktrisa 26-yanvar kuni kechasi Los-Anjelesdagi mashhur “Hollywood” belgisi ustiga chiqib, ko‘plab ichki kiyimlarni harflar ustiga ilib chiqqan. Bu...

“Oskar – 2026” ga nomzodi qo‘yilgan animatsion filmlar

“Oskar–2026” uchun “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga bir necha yirik va turlicha loyihalar nomzod bo‘ldi. Bu yo‘nalish har...

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlar topildi

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi. Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga...