“OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Share post:

Kuni kecha, 8-dekabr kuni Boku Kongress markazida “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi rasmiy vakillari, Islom Hamkorlik Tashkilotiga (OIC) a’zo davlatlar delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ijodiy sanoat mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimidagi nutqlarda festivalning maqsadlari, mintaqada madaniy hamkorlikni mustahkamlash ahamiyati hamda kreativ iqtisodiyotning salohiyati ta’kidlandi. Forum bir qator xalqaro hamkorliklarga zamin yaratishi va qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha ochiq muhokamalar uchun imkoniyat bo‘lishi qayd etildi.

Dunyodagi 50 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etayotgan ushbu festivalda O’zbekiston madaniyat va san’at sohasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida kino, dizayn, musiqa, animatsiya, texnologiya va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan panel muhokamalari, taqdimotlar hamda tarmoq (networking) uchrashuvlaridan iborat boy dastur tashkil etilgan.

11-dekabrgacha davom etadigan festival doirasida ko‘rgazmalar, kinonamoyishlar va mahorat darslari (master-klasslar) ham o‘tkaziladi.
Ushbu muhim platforma OICga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirish hamda turli sohalarda innovatsiya va ijodkorlikni birlashtirishga xizmat qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Hayvonlar shahri 2” daromadi 1 milliard dollar oshdi

“Hayvonlar shahri 2” kinoteatrlardagi namoyishining atigi 17 kuni ichida dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar kassaviy daromad to‘pladi. Shu...

Rose va Bruno Mars yangi duetga ishora qilishdi

So‘nggi bir yil davomida BLACKPINK guruhi a’zosi Rose va Bruno Marsning “APT.” qo‘shig‘i barcha chartlarni larzaga solib kelmoqda....

“3 Savdoyi” yana qaytadi!

Bollywood muxlislari uchun katta yangilik: Amir Xon, Karina Kapur Xon, R. Madhavan va Sharman Joshi yana bir filmda...

“Met Gala – 2026” tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Dunyoning eng nufuzli moda tadbiri — “Met Gala” ning 2026-yilgi o‘tkazilish tafsilotlari e’lon qilindi. Bu yil ham moda,...