Andijon shahri — 2026-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb e’lon qilindi

Share post:

Qozog’istonning Aqtau shahrida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY Doimiy kengashining 42-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qozog’iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva, Turkmaniston madaniyat vaziri Atageldi Shamiradov, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri o’rinbosari Murad Guseynov, Qirg’iz Respublikasi madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vazirining birinchi o’rinbosari Askarali Madaminov, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vazirining o’rinbosari Serdar Cham, TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev ishtirok etdi.

Yig’ilishda TURKSOY tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 2026-yilda o’tkaziladigan tadbirlar rejasi, qo’shma loyihalar va turkiy dunyoning madaniy sohadagi hamkorligini yanada mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo’lib o’tgan sammiti doirasida qabul qilingan “TURKSOY tashkilotini rivojlantirish va mustahkamlash tog’risida”gi qaror ijrosini ta’minlash dolzarbligi ta’kidlandi.

O’zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bu juda muhim hujjat ekanini alohida qayd etib, uning ijrosi TURKSOYning xalqaro tashkilot sifatidagi maqomi va mavqeyini yuksaltirishga xizmat qilishini bildirdi. Shu bilan birga, qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Ma’lumki, TURKSOY Doimiy kengashi qarori bilan har yili turkiy tilli davlatlardagi shaharlardan biri “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” sifatida e’lon qilinadi. Bunday maqomga ega bo’lgan shaharda va hamkor davlatlarda qator madaniy tadbirlar, festivallar, ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar tashkil etiladi. Bu orqali milliy madaniyat xalqaro miqyosda keng targ’ib qilinadi. Qolaversa, bunday tadbirlar sayyohlar oqimini oshirishga ham xizmat qiladi.

Quvonarlisi shundaki, TURKSOY Doimiy kengashining 42-yig’ilishida “Andijon shahri — 2026-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb e’lon qilindi.

Bu xushxabar yig’ilish ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Kunning ikkinchi yarmida bo’lib o’tadigan “Aqtau — 2025-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” tadbirlarining tantanali yopilish marosimida Andijon shahri hokimligiga maxsus sertifikat topshiriladi.

Doimiy kengash yig’ilishi yakunida kun tartibida ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinib, tegishli hujjatlar imzolandi.

Eslatib o’tamiz, 2020-yilda Xiva shahri turkiy dunyoning madaniyat poytaxti bo’lgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...