“Hayvonlar shahri 2” qancha daromad olib keladi?

Share post:

“Hayvonlar shahri 2” (Zootopia 2) multfilmining muvaffaqiyatiga deyarli hech kim shubha qilmayapti, biroq baribir uning kassadagi daromadlari yuzasidan bahslar davom etmoqda. Avvalroq ekspertlar besh kun ichidagi daromad 125 million dollar bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, endi esa multfilmning butun dunyo bo‘yicha boshlang‘ich daromadi 500 million dollardan oshishi haqida gapirilmoqda.

BoxOfficeMojo ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina Xitoyning o‘zida multfilm taxminan 200 million dollar daromad qilishi mumkin, AQShda esa besh kunlik prokat davomida 125–150 million dollar atrofida tushum kutilyapti. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‘yicha taxminlar keltirilmagan, biroq baribir yangi “Hayvonlar shahri”ga juda kuchli start bashorat qilinmoqda — ehtimol, hatto 2025-yilning eng yaxshi boshlang‘ich kassasi bo‘lishi ham mumkin.

Joriy yilda eng yuqori jahon kassasini quyidagi filmlar ko‘rsatgan:

  • “Lilo va Stitch” remeyki — 341 million dollar,
  • “Minecraft: Kino” — 313 million dollar.

“Hayvonlar shahri 2” xalqaro prokatga 26-noyabr kuni chiqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Adam Sendler vafotigacha 50 ta filmda suratga tushishga va’da berdi

Aktyor Adam Sendler o‘zida qarish alomatlarini sezayotganini tan oldi. U vafotiga qadar yana kamida 50 ta filmda suratga...

“Kalmar o‘yini” muallifi Netflix uchun yangi serial ustida ishlamoqda

Deadline nashrining xabar berishicha, “Kalmar o‘yini” seriali yaratuvchisi Xvan Don-hyok allaqachon Netflix uchun yangi serial ustida ish olib...

“G‘alati narsalar” mualliflari sun’iy intellektdan foydalanganlikda ayblanmoqda

Mashhur “G‘alati narsalar” seriali atrofida yangi bahs-munozara avj oldi. Muxlislar serial ssenariy mualliflarini ijod jarayonida sun’iy intellektdan, xususan...

BTS katta sahnaga qaytib, jahon bo‘ylab gastrol turini e’lon qildi

Mashhur K-pop guruhi BTS 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan jahon gastrol turini rasman e’lon qildi. Ushbu tur harbiy xizmat sababli...