Apple Music 2025-yilning eng yaxshi qo‘shiqlari reytingini tuzdi

Share post:

Apple Music musiqiy striming platformasi 2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi pop qo‘shiqlar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingga jami 50 ta kompozitsiya kiritildi, kuchli uchlikda esa ayollar peshqadam.

Birinchi pog‘onani Ledi Gaga o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda mega hit bo‘lgan “Abracadabra” trekida qo‘lga kiritdi. Turli platformalarda foydalanuvchilar xonanda va uning jamoasining raqs harakatlarini takrorlab ko‘rishga harakat qilishdi. Apple Musicga ko‘ra, Ledi Gaga 2025-yilda yana bir bor barcha davrlarning eng buyuk san’atkorlaridan biri ekanini isbotladi.

Ikkinchi o‘rinni Sabrina Karpenterning “Manchild” qo‘shig‘i egalladi — unda munosabatlarga tayyor bo‘lmagan, javobgarlikdan qochadigan yigit obrazi tasvirlanadi.

Uchinchi pog‘onani esa kanadalik xonanda Teyt Makreyning “2 hands” taronasi band etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Adam Sendler vafotigacha 50 ta filmda suratga tushishga va’da berdi

Aktyor Adam Sendler o‘zida qarish alomatlarini sezayotganini tan oldi. U vafotiga qadar yana kamida 50 ta filmda suratga...

“Kalmar o‘yini” muallifi Netflix uchun yangi serial ustida ishlamoqda

Deadline nashrining xabar berishicha, “Kalmar o‘yini” seriali yaratuvchisi Xvan Don-hyok allaqachon Netflix uchun yangi serial ustida ish olib...

“G‘alati narsalar” mualliflari sun’iy intellektdan foydalanganlikda ayblanmoqda

Mashhur “G‘alati narsalar” seriali atrofida yangi bahs-munozara avj oldi. Muxlislar serial ssenariy mualliflarini ijod jarayonida sun’iy intellektdan, xususan...

BTS katta sahnaga qaytib, jahon bo‘ylab gastrol turini e’lon qildi

Mashhur K-pop guruhi BTS 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan jahon gastrol turini rasman e’lon qildi. Ushbu tur harbiy xizmat sababli...