“Miss Universe – 2025” tanlovining g‘olibasi e’lon qilindi

Share post:

Xalqaro go‘zallik tanlovi —“Miss Universe – 2025” g‘olibasining ismi ma’lum bo‘ldi. Tanlovda Meksika vakili Fatima Bosx bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Meksikalik ishtirokchiga tojni o‘tgan yilgi tanlov g‘olibasi, daniyalik Viktoriya Kyer Teylvig taqdi.

Fatima 25 yoshda. U unversitetda kiyim va moda dizayni yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan. Modaga juda qiziqadi va barqaror moda yo‘nalishida ishlaydi: zararli chiqindilarni qayta ishlatib, san’at va maqsadni birlashtiradigan dizaynlar yaratadi.

Ijtimoiy jihatdan ham faol bo‘lib, bolalar saratoni bilan kasallangan bolalarga deyarli 9 yil davomida volontyorlik qilgan, Tabaskodagi Onkologiya kasalxonasida har yili Rojdestvo sovg‘alari tarqatadi.

2025-yilning vitse-misslari ro‘yxati quyidagicha:

1-vitse-miss — Pravinаr Singx (Tailand)
2-vitse-miss — Stefani Abasali (Venesuela)
3-vitse-miss — Axtisa Manalo (Filippin)4-vitse-miss — Oliviya Yase (Kot-d’Ivuar)




Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Hande Erchel Rossiyaga keldi

Aktrisa yangi romantik komediya “Ikki dunyo, bitta tilak” filmi premyerasida ishtirok etadi.Mashhur turk aktrisasi Hande Erchel, “Qalbim eshigini...

Eva Grin “Uensdey” serialining uchinchi mavsumida muhim rolni ijro etadi

Eva Grin Netflix’ning mashhur “Uensdey” serialining uchinchi mavsumi aktyorlar tarkibiga rasman qo‘shildi. U serialdagi muhim qahramonlardan birini gavdalantiradi. Aktrisaga...

The Weeknd gastrol safari daromadlari bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

U bugunga qadar yakkaxon erkak ijrochilar orasida eng daromadli konsert turi o‘tkazgan xonanda bo‘ldi. Kanadalik ijrochi The Weeknd yana...

Rihanna 2 milliard dollarlik brendga ega birinchi qora tanli ayol

Dunyo musiqa sahnasining eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Rihanna nafaqat san’at, balki biznes olamida ham tarix yaratishda davom...