“Oskar” mukofotini yosh yulduzga boy bergan Demi Mur sukunatdan chiqdi!

Share post:

Yosh aktrisaga yutqazishi, “Substansiya” kinosining ssenariysiga juda mos tushgan.

Demi Mur 2-mart kuni bo‘lib o‘tgan marosimda “Eng yaxshi ayol aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini Mayki Medisonga boy berganidan keyin u o‘zining sukunatni tugatib, profiliga hissiyotlari aks etgan xabar joyladi.

62 yoshli aktrisa “Substansiya” filmidagi ijrosi bilan o‘zining ilk “Oskar” mukofoti nomzodligiga loyiq deb topildi lekin mukofot “Anora” filmining aktrisasi bo‘lgan 25 yoshli Medisonga nasib etdi.

“Hayotimning sayohati”

Ruhiy tushkunlikka tushib qolganiga qaramay chiroyli munosabatini saqlagan Demi Mur, qizil yo‘lakdan yurishga tayyorlanayotgan paytda olingan suratlarini bo‘lishib, so‘nggi bir necha oy ichida kechgan davrni “hayotimning sayohati” deb atadi.

“Bu sayohat uchun cheksiz minnatdorlik tuyg‘usini his qilyapman”, deb yozdi Mur va shunday qo‘shimcha qildi:

“Bu, hayotimdagi eng katta sayohat bo‘ldi va biz endi boshladik! Jamoamga, birga nomzod bo‘lgan hamkasblarimga hamda bu tajribani yoqimli va mazmunli qilgan barchaga rahmat!”

 Meyki Medisonga ham murojaat qildi

Film rejissyori Korali Farja va kinodagi partnyoriga minnatdorchilik bildirgan Demi Mur shunday deb yozdi:

Substansiya” jamoasiga, Margaret Kuolli va Korali Farjaga rahmat aytaman. Siz bilan ishlash, sizlardan o‘rganish va ushbu film namoyishini nishonlash men uchun katta sharaf bo‘ldi.

Va alohida tabriklar Mayki Medisonga! Keyingi loyihangizni ko‘rishni sabrsizlik bilan kutaman.

U o‘rtoqlashgan videoda, Mur qo‘lida yoqimtoy iti Pilaf bilan o‘tirgan holda soch turmagi va bo‘yanish jarayoni aks etgan. Keyinchalik esa, u kumush rangdagi nafis libosida kamera qarshisida ko‘rinish berdi.

Marosimdan so‘ng uyga qaytib xalat kiyib, oilasi bilan qovurilgan kartoshka yeyotgan holda ko‘rinish bergan yulduz, oqshom ikkinchi libosini kiyib, “Oskar” marosimiga qizlari Rumer, Talluloy va Skaut Uillis bilan tashrif buyurgan edi.

Demi Murning «Eng yaxshi ayol aktrisa» nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritishi deyarli aniq deb tahmin qilingan edi.

Filmda Mur 50 yoshga yetganida aerobika dasturidagi ishidan ayrilgan, birdaniga mashhur bo‘lgan yulduz Elizabet Sparkl obrazini gavdalantirgan. O‘zining yoshroq, go‘zal va mukammal versiyasini yaratishga kafolat beruvchi noqonuniy moddani qabul qilgan Elizabetning hayoti dahshatga aylanadi. Uning yoshroq versiyasi bo‘lgan Sue, ushbu moddani suiiste’mol qilganida esa falokat muqarrar bo‘ladi.

Ushbu ijrosi bilan ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan va faoliyatidagi ilk “Oskar” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan Murga yaqin manba Page Six nashriga shunday dedi:

“Demi bu mag‘lubiyatdan keyin ancha xafa bo‘ldi, chunki u nihoyat “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldim deb o‘ylagan edi.”

Shuningdek, manba Murning Mayki Medison va boshqa nomzodlar uchun xursandligini, biroq “Oskar”ni ololmagani “katta tushkunlikni” keltirib chiqarganini qo‘shimcha qildi.

Substansiya” ssenariysiga mos tushgan

Medisonning Demi Murdan deyarli 40 yosh kichik bo‘lishi va hali karyerasining boshida bo‘lgan yosh aktrisa ekani, ijtimoiy tarmoqlarda “Substansiya” filmi hayotda qayta jonlangandek degan munozaralarga sabab bo‘lgan.

X foydalanuvchilari:
? “Demi Murning mukofotni yosh yulduzga boy bergani haqida film olinishi kerak.”
? “Demi yosh aktrisaga yutqazgani, “Substansiya” filmining senariysiga mos tushgan.»

Oskar marosimi ortda qolgan bo‘lishiga qaramasdan “Substansiya” filmi va Murning hayratlanarli ijrosi uzoq vaqt davomida muhokamada bo‘lishi aniq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...