Anjelina Joli Xersonga gumanitar missiya bilan keldi

Share post:

Amerikalik aktrisa va BMTning Yaxshi niyatlar elchisi Anjelina Jolie Xerson shahriga xayriya tashrifi davomida kutilmagan voqea yuz berdi. OAVga ko‘ra, uning korteji tarkibidagi haydovchilardan biri Yujnoukrainsk orqali o‘tayotganda patrul tomonidan to‘xtatilib, hujjatlar bilan bog‘liq masalalar sabab maxsus markazga olib ketilgan. So‘ngra holat tezda bartaraf etib, Anjelina yo‘lida davom etgan.

Aktrisaning Xersonga tashrifi aslida gumanitar missiya doirasida bo‘lgan. Joli mahalliy tug‘ruqxona, bolalar shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalarini ko‘zdan kechirib, ularning ehtiyojlari bilan tanishdi va yordam taklif etdi.

Shuningdek, Joli shaharda rasmiy tadbirda qatnashgani videolarda aniq ko‘rinadi. Xerson shahar harbiy ma’muriyati rahbari Yaroslav Shanko unga noyob yodgorlik tangasini topshirdi. U tangani “millionlab nusxalarda chiqmaydigan, o‘ziga xos esdalik” ekanini ta’kidlab, aktrisaga minnatdorchilik bildirdi.

Aktrisaning tashrifi mahalliy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi va uning gumanitar faoliyati yana bir bor keng muhokama qilinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Uzoq tanaffusdan so‘ng Ruxshonadan yangi premyera

Xonanda Ruxshona uzoq tanaffusdan so‘ng muxlislari uchun yangi ijod mahsulini taqdim etadi. Uning “Darmonim” nomli yangi treki bugundan...

Netflix Zolushkani yangi talqinda ekranga olib chiqadi

Netflix “Steps” nomli yangi animatsion filmi orqali Zolushka ertagini yangicha talqinda taqdim etadi. Bu safar voqealar Zolushkaning yovuz...

“Betmen 2” ning ilk tizeri namoyish etildi

“Betmen 2” (The Batman Part II) filmining ilk tizeri e’lon qilindi. Robert Pattinson bosh rolni ijro etayotgan kartina...

“Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmi suratga olish ishlarini boshladi

Warner Bros. “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” (The Lord of the Rings: The Hunt for Gollum) filmining suratga olish...